Özbekiston milliy terma jamoasining ilk bor jahon minbariga yöl olişi mamlakat sport tarixidagi buriliş nuqtasi hisoblanadi. Bu jarayon uzoq yillik mehnat, futbol infratuzilmasining rivoji natijasi böldi. Murabbiylar malakalari oşirilişi, legioner futbolçilar faoliyati esa terma jamoaning sifat jihatdan yangi bosqiçga çiqişiga xizmat qildi.
Mazkur muvaffaqiyat ortida faqat sportçilar emas, butun bir tizim – federatsiya, murabbiylar ştabi, tibbiy guruh va albatta, muxlislar işonçi turibdi. Şu ma’noda, bugungi natija tasodif emas, uzoq muddatli strategiyaning amaliy samarasi desak adaşmaymiz.

Endilikda terma jamoa oldida yanada mas’uliyatli vazifa köndalang: jahon sahnasida munosib iştirok etiş va mamlakat şa’nini himoya qiliş. Bu yölda sport tayyorgarligi bilan bir qatorda zamonaviy texnologiyalar, infratuzilma va xalqaro darajadagi hamkorliklar ham muhim rol öynaydi.
Milliy futbol tarixiy bosqiçga qadam qöyayotgan bir paytda global texnologik brend – HONOR’ning Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) bilan hamkorlikni yölga qöyişi ramziy va strategik ahamiyat kasb etadi.

HONOR va ÖFA hamkorligi kommunikatsiya, identifikatsiya va texnologiya uyğunligi kesişgan nuqtada şakllanmoqda. Yevrosiyo mintaqasi marketing böyiça boş direktori Tan Mingyang ta’kidlaganidek, bugungi kunda Özbekiston ğururi nafaqat stadionlarda, balki har bir muxlis qölida zamonaviy qurilmalar orqali ham aks etmoqda.
“Özbekiston öz tarixida ilk bor jahon sahnasiga çiqmoqda va bu butun mamlakat uçun juda katta voqea. HONOR’da biz texnologiya inson uçun işlaşi kerak deb hisoblaymiz. ALPHA rejasi orqali sun’iy intellekt va inson bir-birini töldiruvçi ekotizimni rivojlantiryapmiz. Şu bois, ÖFA bilan hamkorligimiz özgaça mantiqqa ega: milliy terma jamoa inson kuçi va xarakterini ifoda etsa, HONOR uni qöllab-quvvatlaydigan texnologiya böladi”, – deydi Jing Si, HONOR'ning Özbekistonda biznesni rivojlantiriş menejeri.
Hamkor tanlaş jarayonida asosiy mezon qadriyatlar uyğunligi bölgan. Bu haqda ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov şunday fikr bildirdi:
“Biz uçun hamkor tanlaşda eng muhimi qadriyatlar umumiyligi edi. Oçiğini aytsam, tarixiy lahzalarning mamlakatimiz uçun qançalik muhimligini tuşuna oladigan brend kerak edi. HONOR – yangi avlod brendi. U ham xuddi bizning terma jamoamiz kabi, global darajaga çiqiş mumkinligini amalda körsatmoqda”,








