HONOR 600 seriyasining eng köp e’tibor qozongan yangiligi AI Image to Video 2.0 funksiyasidir. Bu texnologiya oddiy suratni bir neça soniyada qisqa videoga aylantiradi. Foydalanuvçi matn yozişi yoki bir neçta rasm yuklaşi kifoya: sun’iy intellekt videoni avtomatik tayyorlaydi. Mazkur jihat, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar uçun kontent tayyorlaydigan foydalanuvçilarga qulaylik beradi.

Seriya kamerasi 200 megapikselli Ultra-clear Night Camera bilan jihozlangan. U kun yoruğida ham, tunda ham yuqori darajadagi tiniqlikda suratga olişga möljallangan. Kompaniya bu tizimni mobil fotografiyadagi yangi bosqiç deb ta’riflamoqda.
Batareya masalasida ham ösiş bor: HONOR 600 7000 mA·soat siğimli akkumulyator bilan taqdim etilgan. Işlab çiqaruvçiga köra, uşbu rusumdagi telefonni ikki kungaça quvvatlaşsiz işlatiş mumkin. Şunga qaramay, qurilma nisbatan yupqa dizaynni saqlab qolgan.

Ekran ham yangilangan: 120 Gs yangilaniş tezligi va 8000 nitgaça yorqinlikka ega displey quyoşli şaroitda ham qulay foydalaniş imkonini beradi.
HONOR faqat telefonni taqdim etiş bilan çeklanmagan. Yangi seriya bilan birga kompaniya AIoT ekotizimini ham rivojlantirmoqda. Bu tizimda smartfon, soat, quloqçin va planşetlar bir-biri bilan boğlangan holda işlaydi va iste’molçi uçun yagona “aqlli muhit” yaratadi.

Şuningdek, HONOR Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlik işlarini olib borayotgani ham ma’lum qilindi. Mazkur hamkorlik doirasida sport va texnologiyani birlaştirgan loyihalar amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

HONOR 600 seriyasi 4 iyundan sotuvga çiqadi. Qurilmalar konfiguratsiyasiga qarab 6,7 mln sömdan 10,9 mln sömgaça bölgan oraliqda sotilişi kutilmoqda.
Mutaxassislar fikriga köra, HONOR 600 seriyasi smartfonlar bozorida asosiy raqobatni faqat texnik körsatkiçlar emas, sun’iy intellekt asosidagi imkoniyatlar belgilab berayotganini yana bir bor tasdiqlamoqda.
HONOR 600 seriyasi haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olişingiz mumkin:









