Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL. «Paxtakor» 90+5-daqiqadagi gol evaziga Turkmanistonda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Osiyo Chempionlar ligasi 4-turi doirasida O‘zbekiston Superligasi peshqadami «Paxtakor» Turkmaniston chempionatida 5-o‘rinda borayotgan «Axal»ga qarshi maydonga tushdi.
Ashxobodda o‘tgan uchrashuvda vakillarimiz 65-daqiqada maydonda 10 kishi bo‘lib qolishdi. Odil Hamrobekov raqibga qarshi qo‘pol harakat qilgani uchun maydondan chetlatildi.
81-daqiqada mezbonlar Alibek Abdurahmonovning goli evaziga hisobni ochib, g‘alabaga yaqin edi. Ammo 90+5-daqiqaga kelib Hojimat Erkinov jarima zarbasidan keyin Dilshod Saitovning uzatmasini golga aylantirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 1:1.
Shu tariqa, «Paxtakor» A guruhida 4 ochko bilan hozircha 2-o‘rinda bormoqda. «Axal»da ham 4 ochko, «Al-Fayha» hisobida 3 o‘yinda 3 ochko bo‘lsa, peshqadam «Al-Ayn» 9 ochkoga ega.
OChL. A guruhi. 4-tur
«Axal» (Turkmaniston) – «Paxtakor» - 1:1
Bosh hakam: Muhammad Nazmi bin Nasaruddin (Malayziya).
Gollar: Alibek Abdurahmonov 81 – Hojimat Erkinov 90+5.
«Axal»: 96.Rahat Japarov, 3.Shuhrat Soyunov, 5.Hakmuhammet Bashimov, 7.Meylis Diniyev, 8.Adilbek Ravshanov (18.Salim Umarov, 82), 9.Gurban Annayev (11.Dayanch Meredov, 62), 10.Elman Tagayev, 27.Yazqilich Gurbanov, 30.Alibek Abdurahmonov, 71.Ategeldi Geldiyev, 98.Dovran Hojamammedov.
«Paxtakor»: 36.Pavel Pavlyuchenko, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Odil Hamrobekov, 8.Azizbek Turg‘unboyev (11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 73), 10.Dragan Cheran (19.Pshemislav Banashak, 73), 20.Hojimat Erkinov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 28.Diyor Xolmatov, 34.Farrux Sayfiyev, 77.Dilshod Saitov, 88.Shahzod Azmiddinov.
Chetlatish: Odil Hamrobekov, 65.
A guruhidagi vaziyat:

Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
13:12 / 16.03.2026