O‘zbekiston | 11:21 / 08.11.2023
7673
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda o‘tkaziladigan IHT sammitida 8 ta davlat rahbari qatnashadi

Bugunga Qirg‘iziston, Turkiya prezidentlari, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari va IHT bosh kotibi bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahrida yirik xalqaro tadbir - Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boshlanmoqda

Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar hamda IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etadi.  

Bugun, 8 noyabr kuni delegatsiyalar Toshkentga kela boshlaydi. Prezident ularning rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Jumladan, bugunga Qirg‘iziston, Turkiya prezidentlari, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari va IHT bosh kotibi bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

Ertaga, 9 noyabr kuni oliy darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid