Jahon | 10:14 / 09.11.2023
3666
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada harbiy holat 14 fevralgacha uzaytirildi

Bu - Ukraina parlamentining Rossiya keng ko‘lamli harbiy harakatlarni boshlaganidan beri mamlakatda harbiy holatni uzaytirish uchun to‘qqizinchi marta ovoz berishi. 

Foto: Sergei Supinsky/AFP via Getty Images

Ukraina Oliy radasi prezident Volodimir Zelenskiy tomonidan kiritilgan mamlakatdagi harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana 90 kunga — 2024 yil 14 fevralgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini qabul qildi. Bu haqda 8 noyabr, chorshanba kuni Ukraina parlamenti deputati Yaroslav Jyeleznyak o‘zining Telegram-kanalida yozdi

Minimal talab etiladigan 226 ovoz holati bilan, 329 deputat harbiy holatni uzaytirish uchun, 322 deputat esa umumiy safarbarlikni davom ettirish uchun ovoz berdi. «Bu urush boshlanganidan beri parlamentda harbiy holat uchun to‘qqizinchi marta ovoz berishi bo‘ldi», deb ta’kidladi Jyeleznyak. Deputatning qo‘shimcha qilishicha, bu gal Oliy rada majlisi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi vakillarisiz o‘tgan, garchi avvalroq bu mavzuda tashkilotning «hech bo‘lmaganda kotibi» chiqish qilgan edi. 

Ukrainada harbiy holat Rossiyaning 2022 yil fevralida mamlakatda keng ko‘lamli harbiy harakatlari boshlanganidan beri amalda. O‘sha paytda Volodimir Zelenskiy fuqarolarning umumiy safarbarligi to‘g‘risidagi qonunni imzolagan, unga ko‘ra, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga Ukraina hududidan chiqib ketish taqiqlanadi, ammo alohida holatlar bundan mustasno.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid