Rustam Ashurmatov: «Hozir Eronning hujum chizig‘idan qo‘rqadigan holatda emasmiz»
«Rubin» klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Turkmaniston va Eronga qarshi o‘yinlar oldidan fikrlarini bildirdi.

Foto: O‘zbekiston milliy jamoasi
- Milliy jamoamiz kecha yig‘inga kirishgan, men esa bugun tarkibga qo‘shildim. Jamoada tayyorgarlik yaxshi deb o‘ylayman. Rasmiy o‘yinlarda natija muhim bo‘ladi, shu bois yaxshi hozirlik ko‘rish kerak.
- Turkmanistondagi o‘yinda sun’iy qoplamali maydon qanchalik qiyinchilik tug‘diradi?
- Rostini aytsam, oxirgi marta yoshligimda akademiyaning sun’iy qoplamali maydonida o‘ynagandim. Buning o‘ziga yarasha qiyinchiligi bor. Maydon qattiq bo‘ladi, to‘pni sakrashi ham boshqacha bo‘ladi. Moslashish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Ertaga rasmiy mashg‘ulotni sun’iy qoplamada o‘tkazamiz, bu ham tayyorgarligimizga yordam beradi. InshaAlloh, sun’iy qoplama bizga xalaqit bermaydi.
- Eron ancha kuchli raqib. Aytingchi, Mehdi Toremiy, Sardor Ozmun singari hujumchilarga qarshi qanday o‘ynash kerakligini tahlil qilib, o‘rganyapsizlarmi?
- To‘g‘risini aytsam, hozir Eronning hujum chizig‘idan qo‘rqadigan holatda emasmiz. Himoyamizga e’tibor bersak, Husniddin Aliqulov Turkiyada, men Rossiyada, Abduqodir Husanov Fransiyada o‘ynayapti. Shunday ekan, tajribali hujumchilar bilan ko‘p duch kelganmiz. Bu bizga muammo emas, - deydi Rustam Ashurmatov Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi doirasida 16 noyabr kuni Turkmanistonga qarshi Ashxobodda maydonga tushsa, 21 noyabrda Toshkentda Eronni qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolalari muntazam kaltaklangani aytilgan “Tanzilandiya” xususiy bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi
O‘zbekiston | 19:19
-
Toshkentda yuk ortgich mashina yonib ketdi
Jamiyat | 18:55
-
«Vladimir, to‘xta!» - Tramp Rossiyaning Kiyevga zarbasi haqida
Jahon | 18:50
-
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 18:14
Mavzuga oid

08:21 / 02.11.2022
Manba: Rustam Ashurmatov Rossiya klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi

13:24 / 09.08.2020
«Ishonch bildirishni xohlashmagandi». Rustam Ashurmatov Koreyadagi faoliyati, milliy jamoadagi o‘rni va qo‘pol futbolchi emasligi haqida

18:00 / 03.11.2019
Rustam Ashurmatov Key-Liga Chellenjda chempionlikni qo‘lga kiritdi

17:52 / 20.04.2019