Özbekiston milliy jamoasi himoyaçisi Rustam Aşurmatov «Istiqlol» klubi bilan şartnoma imzoladi.
Tehron klubi matbuot xizmati 28 yoşli futbolçini rasman taniştirdi.
Xabarlarga köra, eronliklar Aşurmatov transferi uçun «Rubin»ga 450 ming yevro tölagan. Futbolçi esa klub safida oyiga taxminan 50 ming dollar atrofida maoş olişi aytilmoqda.
Şu tariqa, Eron çempionatida töp surayotgan özbekistonlik futbolçilar soni 4 nafarga yetdi – bungaça Jalolliddin Maşaripov («Istiqlol»), Oston Örunov («Persepolis») va darvozabon Ötkir Yusupov («Fulad») mazkur çempionatda öynayotgandi.
Futbolçi transferdan keyin Championat.com naşriga bergan intervyusida öziga Eronning boşqa klublari va Ozarboyjon çempionatidan ham takliflar bölgani, ammo Yevropadan qiziqiş bölmaganini aytib ötgan. Şu bilan birga, Erondagi sönggi voqealar tufayli uşbu mamlakatga yöl oliş qançalik töğri bölişi haqidagi savolga javob qaytargan.
«Yigitlar bilan gaplaşdim. Hozir hammasi yaxşi deyişdi. Hatto Eronni tark etgan boşqa futbolçilar ham qaytişni istaşyapti. Men tavakkal qilaman. Hammasi – Xudoning irodasi. Köramiz qanday bölarkan», – degan futbolçi.












