Islandiyada vulqon otilishi kutilmoqda, favqulodda holat e’lon qilindi
8 asrdan beri uyquda bo‘lgan vulqonning faolligi oshdi.

Foto: AP
Islandiyada bir qator zilzilalardan so‘ng Fagradalsfyadl vulqonining otilishi ehtimoli keskin oshdi, deb xabar berdi BBC. Mahalliy hokimiyat vulqondan 8 km uzoqlikda joylashgan Grindavik shahri aholisini ehtiyot chorasi sifatida uylarini tark etishga chaqirdi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi.
So‘nggi bir necha hafta ichida Fagradalsfyadl vulqoni joylashgan hududda minglab yer silkinishlari qayd etilgan. Uning yonida Keflavik xalqaro aeroporti joylashgan.
Islandiya universitetining vulqonshunoslik professori Tor Tordasonning aytishicha, magma hozirda yer sathidan 800 metr chuqurlikka yaqinlashgan, shu bois vulqonning otilish ehtimoli juda katta.
2010 yil aprel oyida Islandiyadagi Eyyafyatlayokudl vulqonining otilishi Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropa havo hududining eng katta yopilishiga olib kelgan edi. 7 kun davomida Yevropaning aksariyat mamlakatlari osmoni qit’ani qoplagan ulkan vulqon kul buluti tufayli parvozlar uchun yopildi. Oqibatda, o‘nlab aviakompaniyalar taxminan 10 million yo‘lovchini yo‘qotib, jami 100 mingga yaqin reyslarni bekor qilishiga to‘g‘ri keldi. Fagradalsfyadl vulqoni otilishi ham shunday oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Islandiya dunyodagi eng geologik faol mintaqalardan biri bo‘lib, uning hududida 30 ga yaqin faol vulqonlar mavjud. So‘nggi 1 oyda Islandiya janubi-g‘arbiy qismida 20 mingdan ortiq yer silkinishlari qayd etilgan.
Fagradalsfyadl vulqoni 8 asr davomida harakatsiz edi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 09:50
-
Navoiyda vintilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya va Ukraina Istanbulda asirlarni almashish borasida kelishib oldi
Jahon | 09:43
-
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 09:10
Mavzuga oid

21:33 / 22.04.2025
Kosta-Rikada Poas vulqoni harakatga keldi

22:37 / 08.04.2025
Filippindagi Kanlaon vulqoni harakatga keldi

00:13 / 02.04.2025
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda

20:05 / 27.03.2025