O‘zbekiston COP28da qatnashadi. Avvalgi rejalarning qanchasi bajarildi?
Dubayda o‘tadigan xalqaro iqlim konferensiyasida bu yil O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda qatnashadi. Konferensiyada O‘zbekiston milliy, mintaqaviy miqyosda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha takliflar kiritishi rejalashtirgan.

Foto: Reuters
15 noyabr kuni Toshkentda COP28 – xalqaro iqlim konferensiyasida O‘zbekiston ishtiroki bo‘yicha anjuman o‘tkazildi. Unda BAAning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari Muhammad Al Zaheri Dubayda bo‘ladigan COP28 haqida ma’lumot berdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Muhammad Al Zaheri 30 noyabrdan 12 dekabrgacha bo‘lib o‘tadigan bu yilgi konferensiya maqsadi davlatlarning iqlim iqtisodiyotiga moslashishi, tabiat, tirik jonzotlar hayotini saqlab qolishga ko‘proq e’tibor qaratish bo‘ladi.
Ekologiya vazirining maslahatchisi Suna Park bu konferensiyada O‘zbekistoning ishtirok etishi, bu uchun alohida tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu yil O‘zbekiston Markaziy Osiyo paviloni doirasida qatnashib, 5 mamlakat iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi birgalikda harakat qiladi.
"Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishidan eng og‘ir jabr ko‘radigan mintaqa hisoblanadi. Shuning uchun bu yil birgalikda qatnashamiz, bitta ovoz bo‘lamiz", – deydi Suna Park.
Kun.uz muxbiri vazirlik vakiliga O‘zbekiston 2030 yilgacha issiqxona gazlarini 35 foizga kamaytirish va’dasini bergani va bu hozir qanchalik amalga oshayotgani haqidagi savol bilan murojaat qildi.
“COP26 dagi ishtirokida O‘zbekiston tomoni issiqxona gazlarini 2030 yilgacha 2010 yildagi darajadan 35 foizga kamaytirish vazifasini olgan. Hozir shu va’daning necha foizi bajarildi, keyingi yil qanchasi bajariladi? Shu haqda aniq tahlillaringiz bormi”? – deya savol berildi Ekologiya vazirligi vakiliga.
Suna Park issiqxona gazlarini necha foizga kamayganini aniqlash oson emasligini aytib, bunday ma’lumotlarni yig‘ish uzoq vaqt talab qilishini ma’lum qildi.
“Bizda har bir yil uchun aniq ma’lumot yo‘q. Chunki havoning ifloslanish darajasini har kun ko‘rsatadigan qanaqadir maxsus uskuna yo‘q. Shuning uchun bu haqda aniq ma’lumot aytish qiyin. Biz har 3 yillikda ma’lumotlarni yig‘amiz va uni BMTga taqdim qilamiz. Ayni damda ham ma’lumotlar yig‘ilyapti va uni 2024 yilda e’lon qilamiz", dedi Suna Park.
Ma’lumot uchun, xalqaro iqlim konferensiyasi – COP sammiti har yili BMT tomonidan o‘tkaziladi. O‘tgan yilgi COP27 sammiti Misrda o‘tgandi.
Mavzuga oid

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025