AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronda rejim özgarişi ehtimolini istisno etmayapti. Bu haqda Oq uy rahbari tomonidan 23 iyun, duşanbaga ötar keçasi Truth Social ijtimoiy tarmoğida çop etilgan postda aytiladi.

«Rejim özgarişi» atamasi siyosiy nuqtayi nazardan töğri emas. Ammo, agar hozirgi Eron rejimi Eronni yana buyuk qila olmasa, rejim özgarişi kerak emasmi? MIGA!!!» - deb yozdi Donald Tramp. MIGA qisqartmasi Make Iran Great Again degan ma’noni anglatadi, u Trampning Make Amerika Great Again (MAGA) saylovoldi şioriga öxşaydi.

Ayni paytda, 23 iyunga ötar keçasi Eron va Isroil örtasidagi mojaro va Amerikaning Eron yadroviy inşootlariga zarba berişi fonida Qöşma Ştatlar öz fuqarolarini «ehtiyotkorlikni kuçaytirişga» çaqirdi. «Isroil va Eron örtasidagi mojaro transportda uzilişlarga va Yaqin Şarqda havo kengliklarining vaqti-vaqti bilan yopilişiga olib keldi», — deyiladi Davlat departamenti bayonotida. «Xorijda AQŞ fuqarolari va manfaatlariga qarşi namoyişlar ötkaziş ehtimoli bor. Davlat departamenti butun dunyo böylab AQŞ fuqarolariga ehtiyotkorlikni kuçaytirişni tavsiya qiladi».

22 iyunga ötar keçasi AQŞ armiyasi Eron yadroviy dasturining uçta obektiga zarba berdi. B-2 bombardimonçi samolyotlari Fordodagi uranni boyitiş zavodiga ön ikkita 13,6 tonnalik bunker bombasi bilan hujum qildi va yana ikkitasi Natanz obektiga taşlandi. Suvosti kemalari Natanz va Isfahon obektlariga 30 ta «Tomagavk» raketasini uçirdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp xalqqa murojaatida Eronning uran boyitiş böyiça asosiy inşootlari yöq qilinganini aytdi. Eron AQŞ zarbalarini tasdiqlab, obektlar sezilarli darajada zarar körganini rad etdi.

Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) 22 iyun kuni AQŞning Eron yadro inşootlariga uyuştirgan hujumlari ortidan radiatsiya darajasi oşgani haqida heç qanday dalil topmaganini ma’lum qildi.