Jahon | 22:19 / 16.11.2023
7394
1 daqiqa o‘qiladi

Pedro Sanches Ispaniya bosh vaziri etib tasdiqlandi 

51 yoshli siyosatchi yana bosh vazir kursisini egalladi. 

Foto: Zuma/TASS

Ispaniya parlamentining quyi palatasi hukumat rahbari lavozimiga Ispaniya sotsialistik ishchilar partiyasi (PSOE) yetakchisi Pedro Sanches nomzodini tasdiqladi. 

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 350 deputatdan 179 nafari Sanchesning bosh vazir etib qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlagan. Uning ma’qullanishi uchun kamida 176 nafar parlament a’zosining ovozi kerak edi. 

2023 yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan umumiy saylovlarda konservativ Xalq partiyasi g‘alaba qozonib, parlamentdagi 137 ta o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sentyabr oyida Ispaniya qiroli partiya yetakchisi Alberto Nunyyes Feyxuga hukumat tuzishni topshirdi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Keyin monarx Sanchesni bosh vazir lavozimiga taklif qildi. Uning partiyasi saylovlarda ikkinchi o‘rinni egallagan edi. 

51 yoshli Pedro Sanches Peres-Kastexon 2018 yildan 2023 yil iyuligacha Ispaniya hukumatini boshqargan. U 2014 yildan beri Ispaniya sotsialistik ishchilar partiyasiga rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid