Ispaniya boş vaziri Pedro Sançesning rafiqasi Begonya Gomesga ikki yillik tergovdan keyin korrupsiya bilan boğliq ayblovlar qöyildi. Bu haqda 13 aprel, duşanba kuni keçqurun AFP agentligi xabar berdi.
Şu kuni e’lon qilingan sud hujjatiga köra, 55 yoşli Gomes ta’sir doirasidan noqonuniy foydalaniş, biznesda korrupsiya, mablağlarni özlaştiriş va isrof qilişda ayblanmoqda. Unga nisbatan tergov 2024 yil aprel oyida sudya Xuan Karlos Peynado taşabbusi bilan boşlangan.
Tergovçilar diqqat markazida Begonya Gomesning şaxsiy loyihasi — Madriddagi Komplutense universitetida taşkil etilgan “Raqobatbardoş ijtimoiy transformatsiya” nomli kafedra bölgan. Mutaxassislar fikriça, nomi ham köpçilik uçun tuşunarsiz bölgan bunday kafedrani oçişga aslida heç qanday ehtiyoj bölmagan, uni taşkil etiş uçun esa universitet rahbariyatiga bosim ötkazilgan. Tergov boşlanganidan keyin uşbu kafedra “na ilmiy, na amaliy ma’noga ega” deb topilib, yopilgan.
2024 yil oktyabr oyida tergov yanada kengaytirilgan. Bunga öta öng Hazte Oír taşkiloti tomonidan boş vazir rafiqasiga qarşi da’vo kiritilib, u Madriddagi Komplutense universitetining dasturiy ta’minotini noqonuniy özlaştirişda gumon qilingani sabab bölgan.
Gomesga nisbatan yana bir ehtimoliy qoidabuzarlik sifatida, davlat maoşi oladigan amaldor Kristina Alvaresni özining şaxsiy biznes loyihalarida yordamçi sifatida noqonuniy işlatgani körsatilmoqda.
Begonya Gomes ham, uning turmuş örtoği Pedro Sançes ham özlariga qöyilgan ayblovlarni rad etmoqda. Sançes bu tergovni öng qanot muxolifati tomonidan uning hukumatini izdan çiqarişga qaratilgan kampaniyaning bir qismi deb atagan. AFP agentligi eslatişiça, “uning eng yaqin atrofidagi korrupsiya holatlari sababli sotsialist boş vazir kuçli bosim ostida qolmoqda, şu munosabat bilan muxolifat uning iste’fosini talab qilmoqda”.













