Toshkent viloyatida qo‘ziqorinchilikni rivojlantirish boshlanadi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda O‘rta Chirchiq tumani Do‘stlik mahallasida qo‘ziqorinchilikni rivojlantirish orqali aholi rasmiy bandligini ta’minlaydi.

Foto: agro-olam.uz
"2024 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanini Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovatsion va “yashil texnologiyalar” hamda boshqaruvda zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan “Toshkent dengizi” suv ombori atrofida joylashgan Adolat, Oltio‘g‘il, Burganlik, Nomdanak hamda O‘rtabo‘z mahallalarida zamonaviy turistik zonalarni va xizmat ko‘rsatish obektlarini rivojlantirish uchun mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda O‘rta Chirchiq tumani Burganlik mahallasida savatchilikni rivojlantirish hamda Do‘stlik mahallasida qo‘ziqorinchilikni rivojlantirish orqali aholi rasmiy bandligini ta’minlaydi.
Energetika vazirligi hamda Toshkent viloyat hokimligi bilan birgalikda, joriy yilda jami 189 ta aholi xonadonida va 2 ta ko‘p qavatli uyda qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatish hamda kichik fotoelektr stansiyalari barpo etishni ta’minlaydi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining O‘rta Chirchiq tumanida paxta va g‘alladan qisqartirilgan va aholiga dehqon xo‘jalik yuritish uchun uzoq yillik ijara asosida ajratilayotgan 26 gektar yer maydonida hamda aholi xonadonlarida yengil tipda issiqxonalarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Toshkent viloyat hokimligi O‘rta Chirchiq tumanidagi 54 ta baliqchilik fermer xo‘jaliklarining sun’iy ko‘llariga 2023-2024 yillarida quyosh panellari, aerator va ozuqalantirish moslamalarini o‘rnatish ishlarini tashkil etish choralarini ko‘radi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu yigit bolta olib chopyapti» – Bayden prezidentlikdan ketgach ilk marta ommaviy chiqish qildi
Jahon | 16:36
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi
Jahon | 16:25
-
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi
Jahon | 16:20
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
Mavzuga oid

19:54 / 24.03.2025
Toshkent viloyatida YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi

12:23 / 14.01.2025
Toshkent viloyatida 486 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

07:30 / 23.11.2024
O‘rta Chirchiqda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi

10:40 / 08.10.2024