Aslida loyihasi Iroq uçun işlab çiqilgan, avvaliga balandligi pastroq bölişi rejalaştirilgan, qurilgaç dunyoning eng baland teleminoralari röyxatiga kiritilgan Toşkent teleminorasi tarixi juda qiziq. Uning qurilişidan to bitkazilişigaça bölgan tarixiy tasvirlarni tomoşa qiliş esa undan-da maroqli. Kun.uz uşbu unikal inşootning dunyoga keliş tarixi, u bilan boğliq fojia, afsona va haqiqatlar haqida hikoya qiladi.
Loyihaning dunyoga kelişi
Iroq. Ötgan asrning 60-yillarida boş vazir Abdulkarim Qosim Bağdodda teleminora quriş loyihasini kelişib oldi. Biroq 1963 yil 8 fevralda Iroqda boşlangan harbiy töntariş sababli Abdulkarim Qosim hokimiyati tugatilib, Bağdod teleminorasi loyihasi ham qoğozlarda qolib ketadi. Inşoot maketi esa Moskvadagi VDNX (Xalq xöjaligi yutuqlari körgazmasi) maydonida bir neça yillar davomida saqlanadi.
Aynan şu vaqtlar Toşkent şahridagi 1956 yilda qurilgan 180 metrli teleminoraning tobora ortib borayotgan radio va teledasturlarni uzatişda texnik imkoniyatlari yetmayotgan, yangi teleminoraga ehtiyoj sezila boşlangan davrga töğri kelardi. Ammo 60-yillar söngida zilziladan keyin endigina qayta qurilgan Toşkent şahrida rejadan taşqari yirik loyihalarni amalga oşiriş qiyinroq masala edi.
Öşa paytdagi Özbekiston rahbari bölgan Şarof Raşidov Özbekistonning aloqa vaziri Doniyor Mangeldin bilan Moskvaga qilgan taşrifi davomida VDNX maydonidagi Bağdod teleminorasining maketini körib qoladi. Endi oldinda sobiq ittifoq Markaziy qömitasidan Özbekiston uçun söralişi kerak bölgan Toşkent metropoliteni loyihasiga teleminora qiziqişi ham qöşiladi. Şarof Raşidovning rasmiy Moskvada hurmati baland edi. Şu sababli uning taklifi yerda qolmay, har ikki yirik loyihani amalga oşirişga ruxsat beriladi.
Metropolitenni rejalaştiriş işlari 1968 yildan boşlangan bölsa, 1971 yilning 1 sentabrida Özbekiston aloqa vazirligi tasarrufida “Toşkent radiotelevizion uzatiş markazi qurilişi direksiyasi” iş boşlaydi hamda 7 yildan söng – 1978 yilning aprelidan Markaziy Osiyodagi eng baland inşoot qurilişiga start beriladi.
Quriliş tarixi
Inşootning qurilişida uning joylaşuv örni ham muhim bölib, şu sababli poytaxtning ham eng baland, ham öta oğirlikka bardoşli yer qatlami tanlab olindi. Yunusobod tumanidan oqib ötuvçi Bözsuv kanali böyidagi 6 gektar maydon teleminora quriş uçun ajratilib, hududda poydevor uçun qaziş işlari boşlanib ketdi. 11 ming kubmetr beton qorişma va ming tonna temir armatura sarflangan 11 metr çuqurlikdagi poydevor qurilişi 4 oy davom etdi.
Mavzuga oid
12 min
Markaziy Osiyodagi eng baland inşootning zilzilalar-u kuçli şamollarga çidamliligini ta’minlaş me’morlar, quruvçilar hamda sifat uçun javobgarlar yelkasidagi ulkan mas’uliyat edi. Qolaversa, tobora kötarilib borayotgan minoraning yuqori qavatlarida iş olib boriş uçun mamlakat tarixida birinçilardan bölib, maxsus tirkama krandan foydalanildi. Temir konstruksiyasidan kötarilgan inşootga 540 tonna oğirlikdagi 93 metrli oyoqlar 10 metrli bölaklarga bölingan holatda biriktiriladi. Nima uçun uçta va nega bunday şaklda ekani haqidagi dalillarga esa sal keyinroq töxtalamiz.
Rejada 375 metr bölmagan
Qiziği, Toşkent teleminorasi loyihasida avvaliga uni 375 metr qilib quriş rejada yöq edi. “Izvestiya” gazetasining 1981 yil avgust oyidagi sonida Qozoğistonning Olmaota şahrida balandligi 371 metrli Köktepa teleminorasi qurilayotgani haqida maqola çop etiladi.
Şundan söng sobiq ittifoq kompartiyasi qömitasining sekretari Asadilla Xöjayev mazkur maqolani öşa davrdagi Özbekiston aloqa vazirining 1-örinbosari Abdunabi Toğaynazarovga körsatib, unga qurilişi boşlangan teleminorani 375 metrga yetkaziş vazifasini topşiradi. Şundan söng Abdunabi Toğaynazarov yangi özgarişlar uçun Moskvadan qaytadan ruxsat oladi, loyihaga özgartişlar kirittirib, Germaniyadan keltiriladigan maxsus pölatdan qöşimça buyurtma qiliş işlariga boş-qoş böladi. Şu tariqa balandligi böyiça öz zamonasining dunyoda törtinçi örinda turgan Toşkent teleminorasi 1985 yilda qurib bitkaziladi hamda şu yilning 15 yanvarida respublika va viloyatlar rahbarlarining yil yakunlari böyiça ötkaziladigan majlis kuniga töğrilab, işga tuşiriladi.
Taqqoslab köramiz
Teleminoraning uzunligiga köra 375 metrni tasavvur qiliş uçun bu qariyb 266 metrli 1,5 ta Nest one osmonöpar binosi, har biri 27 metrli 14 ta ustma-ust qöyilgan 9 qavatli uy yoki 108 metrli 3,5 ta Milliy bank binosining boş qarorgohi balandligiga teng.
Uning 6000 tonna vazni esa 7,5 mingta “Matiz” avtomobili, 120 ming qop un yoki 37 dona eng yengil Boeing-747 samolyoti oğirligiga teng.
Inşootni zanglaşga qarşi böyaşda işlatiladigan 6732 kg havo rangli hamda 10150 kg fil suyagi rangli maxsus yonğinga bardoşli böyoqlar bilan esa deyarli 10 mingta 15 kvadrat metrli uyning şiftini yoki xuddi şu ölçamdagi 3 mingdan ortiq xona içki devorlarini böyaş mumkin. Teleminora maxsus tayyorgarlik va tekşiruvlardan ötgan maçtaçi-alpinistlar tomonidan yiliga 7-8 yilda bir marta 2-3 oy davomida böyaladi.
Maçtaçilar antenna va kabellarni ham ta’mirlaydi hamda 375 metr balandlikdagi maxsus matodan tikilgan Özbekiston bayroğini almaştirişadi. Bu har 3-4 oylik davrni öz içiga olib, bayroqni yangisiga aliştiriş va texnik köriklar vaqtida teleminoradan tele-radiotölqinlar uzatiş bir neça soatga töxtatib turiladi.
Kutilmagan fojia
1986 yil. 20 yil oldin sodir bölgan zilziladan söng butunlay qayta qurilgan Toşkent şahridagi amalga oşirilayotgan bunyodkorliklar haqida “Özbekfilm” kinostudiyasida Pirimqul Qodirovning “Olmos kamar” romani asosida film suratga olinadi.
Toşkent manzaralari va bir yil oldin bitkazilgan teleminora tasvirlangan kadrlar tölaqonli çiqişi uçun şaharni tepasidan ham tasvirga oliş lozim edi. Şu sababli Toşkentdagi Turkiston harbiy okrugi rahbariyati roziligi bilan 73-havo qöşinlari tarkibida bölgan Mi-8 vertolyoti kinoijodkorlar ixtiyoriga beriladi. Vertolyotni ekipaj komandiri harbiy uçuvçi Valeriy Lobankin boşqaradi. Bortda komandirdan taşqari uning ikki nafar yordamçisi, bir videooperator, komandirdan iltimos qilib bortga çiqib olgan oddiy askar hamda Lobankinning voyaga yetmagan öğli bor edi.
Öşa kuni bortdagilar vertolyotda tasvirçining kinotasmasi tölgunça şahar uzra parvoz qilişadi. Tasvirlar “Özbekfilm” kinostudiyasiga yetkazilgaç, yana kadrlar oliş uçun vertolyot tuşdan söng ikkinçi marta şahar osmoniga kötariladi. Toşkentning faxri bölgan yangi teleminorani ham suratga oliş uçun unga yaqinlaşgan paytda uçuvçilar teleminoraning yuqori qismlariga yuk olib çiqiş uçun möljallangan qalin trosni körmay qolişadi. Oqibatda vertolyotning parragi trosga tegib ketib, muvozanatini yöqotadi va pastga qulay boşlaydi.
Pastlayotgan vertolyotda heç bölmasa Lobankinning öğlini asrab qoliş uçun uni pastda oqayotgan Bözsuv kanaliga uloqtirişadi. Ammo bola kanalga emas, qattiq yerga tuşib halok böladi. Şuningdek, bortda qolgan boşqalar ham fojiadan omon qolmay, vafot etadi. Sovet davri an’anasiga muvofiq, aksariyat halokatlar qatorida bu baxtsiz hodisa ham ommaga oşkor qilinmagan. “Olmos kamar” filmida halokatga uçragan Mi-8 vertolyotidan turib olingan kadrlar ham işlatilgan.
Qurilişi oxiriga yetmay qolganmi?
Odamlar orasida teleminora haqida turli fikrlar, afsona va töqima gaplar yuradi. Ularning ba’zilariga töxtalsak. Teleminoraning uçta yon oyoqlariga e’tibor qaratsangiz, ularning minoraga tirkalgan qismida xuddi yana qöşimça oyoqlar bölişi kerakdek, ular uçun joy taşlab ketilgandek körinadi. Ba’zilar bu holatni “inşoot qurilişi oxiriga yetkazilmagan” deya baholaşadi. Aslida esa teleminora öz davrining hamda bugunning ham unikal inşooti hisoblanib, undagi har bir detal alohida hisob-kitob va ölçovlar asosida işlab çiqilgan.
Aslida yarim aylana şaklidagi bu “qovurğalar” – inşootning bir bezagi. Toşkent teleminorasi loyihasi balandlikka böy çözgan kosmik raketa timsolida yaratilgan.
Yaxşilab e’tibor qilinsa, inşootning uç tayanç oyoği kosmik raketani uşlab turadigan tirkamalar, qolgan uçta “qovurğalari” esa raketa dvigatelini ifodalaş uçun yasalgan. Teleminora şu qadar baquvvat qurilganki, uni suyab turgan uç oyoğining yordamisiz ham u bemalol öz muvozanatini saqlab tura olişiga işonç bildiriladi. Oyoqlar esa suyançiqdan ham köra köproq taşqi dizaynning bir elementi hisoblanadi.
Balandligi va oğirligiga nisbatan olsak, Toşkent teleminorasi dunyodagi haqiqiy eng katta kosmik raketadan 3 baravar katta deyiş mumkin.
Troslar muvozanatni uşlaş uçun emas
Teleminora yaqinidan ötgan odam yerdan uning eng yuqori qismiga ulangan troslarni köradi. Kimdir ularni inşoot muvozanatini uşlab turadi, desa, yana kimdir elektr tokini yerga uzatuvçi simlar, deydi. Aslida ikkalasi ham emas. Bu qalin pölat arqonlar pastdan yuqoriga yuk kötariş uçun işlatiladi. Tokni yerga uzatiş vazifasi haqida esa allaqaçon inşoot qurilişida öylangan. Teleminorani hatto çaqmoq urgan taqdirda ham obektga va uning içidagi insonlarga zarar yetmaydi.
Teleminora qimirlab turadi
Haqiqatan ham teleminoraning eng yuqori nuqtasi zilzila, kuçli şamol vaziyatlarida 6 metr radiusda yoki umumiy 12 metr masofagaça qimirlab turadi. Bu ham loyihada öylangan va inşootga heç qanday zarar yetkazmaydi.
Ikki dumaloq yarusda ikki restoran
Teleminorada rostdan ham ikkita panorama şaklidagi restoran bor. Ammo ular inşootning ikki yirik dumaloq yaruslarida emas. Uning birinçi katta yarusida 2 qavatli “moviy” va “alvon” zallar joylaşgan bölib, ayni paytda panorama yönalişida harakatlanib turuvçi “moviy” zalning restorani faoliyat yuritadi. “Alvon” qavatda esa ta’mirlaş işlari ketyapti. Teleminoraning yuqoridagi kiçik dumaloq yarusiga çiqiş uçun faqat xizmat xodimlarigagina ruxsat etiladi. U yerda telekommunikatsion, radio va meteorologik texnikalar joylaşgan.
Xavfli nurlaniş bormi?
Köpçilik uning radiatsiyasidan ham xavotir bildiradi. Ammo teleminoralar nafaqat sifatli teleradioaloqa bilan ta’minlaş, balki nurlanişdan qoçiş uçun ham hududlarning eng yuqori nuqtalarida hamda juda baland qilib quriladi. Undan çiqayotgan radiotölqinlar uzoqlarga taraladi. Agar xavf darajasiga taqqoslasak, uyali aloqa telefonlari yonginamizdagi nurlaniş manbaidir.
Uzoq yillar davomida “yopiq” hududlardan biri sifatida körilgan teleminoraga kirişda yaqin yillarda pasport nazorati tizimi bekor qilinib, turli sun’iy çeklovlar olib taşlandi. Natijada, unga qiziquvçi sayyohlarning soni yildan yilga oşib boryapti. Çunki poytaxtni quş parvozi balandligidagi eng yuqori nuqtadan aylanma harakatda tomoşa qiliş va 100 metr yuqoridagi restoranda ovqatlaniş zavqini hozirda faqat şu inşootgina bera oladi. 38 yildan oşibdiki, bu unikal me’moriy minoraning haybat va xayratini bosa oladigan inşoot hali qurilgani yöq. Ham milliy, ham zamonaviy, ham ölmas ijodiy yondaşuvlar sababli Toşkent teleminorasi öz salobatini heç qaçon yöqotmay, poytaxtning taşrif qoğozi bölib qolaveradi.