10 iyun kuni Andijon viloyati Marhamat tumanidagi markaziy poliklinikada insonlar ölimiga sabab bölgan fojia yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda dastlab poliklinika xodimi hojatxonani tozalaş uçun çuqurga (kolodets) tuşib ketgani aytiladi.

Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, Markaziy poliklinika hududida joylaşgan tozalaş inşooti – çiqindi suvlar töplaniş siğimi nasos agregatorini tozalaş vaqtida 57 yoşli santexnik N.I. gazdan zaharlangan. Uni qutqarişga harakat qilgan yana 3 kişi – qorovul, elektrik va çiqindi maşinasi haydovçisi ham zaharlanib vafot etgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati Marhamatdagi holatda qutqaruvçilar 4 jasadni çiqarib olgani tasdiqladi.

Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan Andijon viloyati IIB matbuot kotibi tez orada rasmiy munosabat berilişini ma’lum qildi.

Andijon viloyat hokimligining ma’lum qilişiça, Şuhrat Abdurahmonovning topşiriğiga asosan voqea joyiga zudlik bilan viloyat hokimining ikki nafar örinbosari yetib borgan.

«Vafot etganlarning har bir xonadoniga borilib, oila a’zolariga viloyat hokimi nomidan çuqur hamdardlik bildirildi hamda dafn marosimini taşkil etiş bilan boğliq barça taşkiliy masalalar hal etildi», deyiladi hokimlik xabarida.

Şuningdek, hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan bölib, vakolatli organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Tergov natijalariga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi. Holat mutasaddi taşkilotlar tomonidan töliq nazoratga olingan», deya qöşimça qilgan hokimlik.

Keyinroq holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi bayonot berdi. Ma’lumotga köra, 4 xodim oqova va çiqindi suvlar töplanadigan bunkerni tozalaş maqsadida uning içiga tuşgan vaqtda bunker içida zaharlanib, suyuq axlat içiga tuşib ketib, voqea joyida vafot etgan.

Fuqarolarning murdalari bunker içidan çiqarib olinib, ularning ölimi sabablari şuningdek, boşqa holatlarni aniqlaş maqsadida sud-tibbiy va boşqa zarur ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan 10 iyun kuni Marhamat tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining