Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning 2024 yilgi budjeti rekord darajadagi harbiy xarajatlarni o‘z ichiga oladi
«Milliy mudofaa» bandi 2024 yilda Rossiyada asosiy xarajatlar yo‘nalishiga aylanadi. Federal budjetni «muvozanatlash» uchun Milliy farovonlik jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish ko‘zda tutilyapti.
Rossiyaning 2024 yilga va 2025-2026 yillardagi rejalashtirish davriga mo‘ljallangan federal budjeti loyihasi 17 noyabr, juma kuni Rossiya Davlat dumasi tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, Rossiya davlat budjeti daromadlari 2024 yilda 35 trillion rublni, 2025 yilda - 33,5 trillion rublni, 2026 yilda - 34,1 trillion rublni tashkil qiladi. Shu bilan birga, 2024 yilda federal budjetni «muvozanatlash» uchun Milliy farovonlik jamg‘armasining 1,3 trillion rubl miqdoridagi mablag‘lari ishlatiladi, deyiladi Davlat dumasi saytida.
Ayni paytda, Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinga ko‘ra, 2024 yilda budjet daromadlari 29 foizga oshadi. «Shu bilan birga, daromadning uchdan ikki qismi (67,2 foiz) neft va gazga bog‘liq emas», — deyiladi press-relizda.
Rossiyaning mudofaaga rekord darajadagi xarajatlari
Qonun loyihasining tushuntirish xatida aytilishicha, qabul qilingan federal budjetda Rossiya zamonaviy tarixidagi rekord darajadagi harbiy xarajatlar ko‘zda tutilgan: «milliy mudofaa» bandiga taxminan 10,8 trillion rubl ajratilishi rejalashtirilgan. Bu 2024 yilda kutilayotgan xarajatlarning 29,4 foizini tashkil etadi.
Taqqoslash uchun: «Ijtimoiy siyosat» bandiga 7,7 trillion rubl (xarajatlarning 21,1 foizi) ajratiladi.
Shuningdek, «Maxsus harbiy operatsiya (Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi) ishtirokchilari va ularning oila a’zolari, tug‘uruq ta’tilidagi yoki yetti yoshgacha bo‘lgan bolalari bor ayollar, pensionerlar va yosh mutaxassislar uchun kasbiy tayyorgarlik dasturlari»ni moliyalashtirish ham ko‘paytiriladi. Ushbu maqsadlar uchun jami 18,6 milliard rubl ajratiladi.
Bundan tashqari, Rossiya harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ish haqini, shuningdek, «harbiy va unga tenglashtirilgan xizmatdan bo‘shatilgan» shaxslarning pensiyalarini 4,5 foizga indeksatsiya qilmoqchi.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
21:00 / 11.01.2026
«Mening maktabim» loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi
14:24 / 08.01.2026
Noqulay iqlim sharoiti uchun ustama: qaysi hududlarda va qancha?
14:47 / 30.12.2025