Suhbat davomida adabiyotşunos Zuhriddin Isomiddinov, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yöldoşev va “Ma’rifat” gazetasi boş muharriri Husan Karvonli “Davlat tili haqida”gi qonunning jamiyatda qançalik işlayotgani borasida öz fikrlarini bildirişdi.
Zuhridddin Isomiddinov:
— Bunga qadar bir qança davlatlarning til qonunlari bilan tanişib çiqdim va şuni tuşundimki, özim körgan qonunlarda «qonun tili» bor, ya’ni qat’iy. Bizning qonunda esa şu qat’iylik yöq.
Deylik, Qozoğistondagi birorta dorixonaga kirib dori olsangiz, içidagi yöriqnomasida, albatta, ma’lumotlar qozoq tilida ham böladi. 1989 yilda til borasida bizdan orqada bölgan davlatlar bugun bizdan ança ötib ketgan.
Yangi va yaxşi qonun işlab çiqilsa, biror kun işlab qolsa, yaxşi bölib qolar. Birinçidan, qonun qonunga öxşaşi kerak, har bir modda böyiça javobgarlik bölişi lozim. Davlatning fuqarolari oldidagi obrösi qonunlarga amal qilinişini ta’minlaş bilan belgilanadi. Oliy Majlis qonunni çiqardimi, ijro hokimiyatining vazifasi şuni bajariş böladi.
Kuni keça notariusga bordim, buni qarangki, barça hujjatlar rusça. Vaholanki, 20-25 oldin özbekça edi. Kasalxonalarda ham şunday. Biz ortga — rus tiliga qarab ketyapmiz. Şunçasi yetmaganday MDH davlatlarida rus tiliga e’tiborni kuçaytiriş haqida hujjatlar imzolandi. Alişer Usmonov degan özbek boyi Özbekistonda rus tilini rivojlantiriş uçun 5 mln dollar ajratdi. Bunday boylarimiz önlab bor. Özbek tiliga kuyinadigan odam bormi? Balki biz ziyolilar ularni jalb qilolmayotgandirmiz. Moddiy asos bölmasa, baribir foydasi bölmaydi.
Qozoqboy Yöldoşev:
— Yaqinda Qozoğiston va Qirğizistonda böldim. Ularda taşqi körinişda töliq davlat tilini kördim. Ayniqsa Olmota va Ostonada yozuvlar deyarli töliq qozoqçaga ötgan. Hatto rasman ötilmagan bölsa ham, lotin yozuviga ötiş boşlangan, qonun çiqmasidan avval. Til böyiça qonun eng birinçi bizda qabul qilingan edi, lekin bugungi kunda davlat tili borasida eng ortdamiz. Borgan sari tilimiz millat ruhiyatiga begonalaşib boryapti. Hozirgi bolalar «most», «optom» kabi sözlarni özbekça deb lisoniga qabul qilgan. Nima qilyapsan, bu nima ahvol, deb söroqlab turadigan tuzilma yöq — ega yöq.
Suhbatimiz boşida qonun yaxşi bölsa ham, bajarilmasa bekor, degandik. Töğri fikr şu. Qonunni bir institut bajarmaydi, butun xalq zimmasidagi vazifa. Lekin hamonki özimiz anglab bajarmayapmiz ekan, uni bajartiradigan mexanizm kerak. Bizda faqat lavozimlar paydo bölyapti: til böyiça hokimning, direktorning, falonning yordamçisi. Ularning foydasidan köra, budjetga zarari köproqdir balki. Qanday qilib örinbosar öz boşliğiga til böyiça yöl-yöriq körsatadi? Öşa boşliqning özi milliy ğurur, tildan tilning farqini bilsa, şunda böladi. Inşoot qurib turib uni «Florensiya», «Versal», «Magic city» deya nomlaşga işqiboz bölsa; dökonlardagi mahsulot nomlarini örisça yozsa... örisçani qanday yozyapsan? «Ogurets» demay, «bodring» deyiş şunçalik muammomi, masalan? Şunçaki bajargisi kelmaydi. Qonunni tan olmaydi.














