Kun.uz muxbiri özbek tilining bugungi oğriqli masalalari atrofida filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yöldoşev hamda Ma’naviyat va davlat tili masalalarini rivojlantiriş departamenti mas’ul xodimi Ğofur Hamro bilan intervyu ötkazdi.

– Ğofur aka, ikki yil davomida özbekistonlik olimlar, ziyolilar «Davlat tili töğrisida»gi qonunning yangi tahriri ustida jiddiy işlaşdi. Qonun loyihasi işlab çiqilib, u dastlab Vazirlar Mahkamasi, Parlament palatalari muhokamasidan ötdi, ammo keyinçalik qonunning keyingi taqdiri haqida xalqimizga biror ma’lumot berilmadi. Butun millat taqdiriga oid butun boşli qonun yöqolib qoldi.

Xöş, nega yöqoldi, qayerga yöqoldi va kim yöqotdi?

Ğofur Hamro:

– Avvalo, «Davlat tili töğrisida»gi qonunning yangi tahrirda işlanişi, uning tahrirlangan qismlari ustidagi özgarişlar Vazirlar Mahkamasida ham, keyingi bosqiçlarda ham qizğin muhokamalarga sabab böldi. Bu qonun muhokamaga qöyildi. Keyin körib çiqiş uçun qaytarilgan va hozir körib çiqilmoqda.

– Bu tahrir ustida olimlar uzoq vaqt işlagan edi. Şunça iş bajarilgaç, yana nimasi işlanişi kerak?

– Qonun loyihasi tayyorlangaç, uni Vazirlar Mahkamasi körib çiqadi. Öz vazifasini bajargaç, keyingi bosqiçga muhokama uçun çiqaradi.

– Xöş, hozir bu qonun qayerda?

– Bu savolni boşqalarga ham bergansiz-ku.

– Ğofur aka, töğrisini aytganda, bu qonun ikki muhokamadan «tişlari sindirilgan» holda keyingi bosqiçga ötgan edi. U qaytadan qabul qiliş uçun körilyaptimi va bu safar “tişli” böladimi?

– Bu masala, albatta, qayta körib çiqiladi.

– Qança vaqtda qonun qabul qilinib, körib çiqilişi mumkin?

– Bu masalaning özining belgilangan reglamenti bor. Şunga köra körib çiqiladi va ma’lumot berib boriladi.