Ikki kun avval Kun.uz saytida “Milliy tiklaniş” partiyasi raisi Alişer Qodirov bilan bir qator milliy masalalar: bayroq, til, alifbo islohi kabi mavzularda ötkazilgan intervyu e’lon qilingan edi. Deputat Qodirov öşa intervyu davomida “Davlat tili haqida”gi qonun böyiça ham gapirarkan, uning Qonunçilik palatasida qayta körilayotganini aytdi. Öşa, bir paytlar Senatga borib yöqolib qolgan va bir muddat ötib, deputatlar tomonidan kun tartibidan olib taşlangan milliy qonun.
Kun.uz muxbiri taşkil qilgan navbatdagi suhbat özbek tili, uning bugungi ahvoli, muammolari va yangidan işlanayotgan “Davlat tili haqida”gi qonun aslida qanday bölişi kerakligi haqida böldi.
Suhbat mehmonlari – adabiyotşunos olim Zuhriddin Isomiddinov, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yöldoşev va “Ma’rifat” gazetasi boş muharriri Husan Karvonli.
— Mana, sizlar özbek tili uçun jon kuydirib, şu sohada doim kuyunçaklik bilan çiqiş qilib yurasizlar, aytinglarçi, Özbekistonni amaldagi til qonunida qanday kamçilik va böşliqlar borki, uni yangilaş ehtiyoji paydo bölmoqda? Yoki nima uçun sizlar bu qonunni özgartirişga tarğib qilasizlar doim?
Qozoqboy Yöldoş:
— Qonun bundan 34 yil oldin qabul qilingan bölsa, yillar davomida hayot özgardi. U qabul qilingan paytda biz ittifoq tarkibida edik, u paytda bugungi özgarişlarni közda tutiş qiyin edi. Qonun şu holiça yaxşi işlab ketganda, uni özgartirişga ehtiyoj bölmasdi, ammo yaxşi işlamadi.
Qonun maqomli hujjatda majburiylik, şartlilik bölişi kerak. Ammo bizning qonunda köproq ikki yoqlamalilik böldi, majburiylik sust edi. Bugungi kungaça qonun töla bajarilmay kelayotgani uçun qayta işlaş zarur edi.
Yangi qonun loyihasidan xabarimiz yöq, hali oçiqlanmadi. Ehtimol, yaxşi loyiha işlanayotgandir. Qonun maqomidami, majburiylik, javobgarlik bölişi kerak. Amal qilganlar esa namunali fuqaro, taşkilot sifatida e’tirof etilişi kerak. Yangi loyihada qonunni bajarmaslik imkoni qoldirilmayotganidan umidvormiz.














