Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «Özbekiston Respublikasining Davlat tili töğrisida»gi Özbekiston Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqdi.

Bu haqda quyi palata matbuot xizmati yurituvidagi Telegram kanalida ma'lum qilindi.

«Qonun loyihasi şu yilning 27 aprel kuni parlament quyi palatasida deputatlar tomonidan moddama-modda körib çiqilgandi. Unda qonun loyihasining 12-moddasidan taşqari barça moddalar ma'qullangan. Ötgan vaqt mobaynida loyihaning 12-moddasi qömita işçi guruhi, tegişli mutasaddi taşkilotlar, şuningdek, olimlar tomonidan qayta körib çiqilib, barça bildirilgan e'tirozlar bartaraf etildi hamda berilgan takliflar inobatga olindi.

Şuningdek, qonun loyihasi bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 42-moddasiga ham tegişli özgartiş kiritilmoqda. Mazkur modda orqali davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun ma'muriy jazo çorasi kuçaytirilmoqda.

Qonun loyihasi uçinçi öqişda qabul qilindi», – deyiladi xabarda.

Ma'lum bölişiça, ma'qullangan qonunning 12 moddasida «Jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan davlat organlari va boşqa taşkilotlarga davlat tilida murojaat qilinadi. Zarur hollarda boşqa tillarda murojaat qiliş huquqi ham ta'minlanadi», – deya belgilanmoqda.