Bu söz ingliz tilida “yönaliş”, “moyillik”, “moda, fason” ma’nolarini bildiradi. U bugun ingliz tilidagi barça ma’nolarida özbek tilida qöllangani yöq. Özbek tilida bu sözning örnini kontekstdan kelib çiqib, dolzarb deyiş ham mumkin.
Xullas, ana şu trend sözidan bugun özbekistonlik köpçilik katta-kiçik rahbarlar qörqib, hadiksirab qolgan desak xato bölmaydi. Çunki oxirgi paytlarda muhokamaga çiqayotgan, ya’ni trendga çiqayotgan qanday voqea bölsa, ularda, albatta, qaysidir rahbar iştirok etgan bölib çiqmoqda.
“Qamaldi, pora bilan qölga tuşdi, zörladi, uyatli videosi yoki audiosi çiqib ketdi, mansab suiiste’molligiga yöl qöydi va h.k.”
Kun.uz muxbiri ana şu – davlat xizmatçilari, rahbarlarning köp holatda salbiy jihat bilan közga tuşib qolayotgani, muhokamaga çiqayotgani tendensiyasi, buning sabablari va uşbu tendensiyaning jamiyat, boşqaruv sohasida qançalik tabiiy holatga aylanib qolgani haqida gaplaşdi.
Intervyu mehmonlari – adabiyotşunos olim Zuhriddin Isomiddinov, yuridik fanlari doktori, professor Lola Saidova va siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov böldi.
— Oxirgi vaqtlarda davlat xizmatçilari, jumladan, rahbar şaxslar bilan boğliq juda köp va afsuski, salbiy xabarlarga közimiz tuşyapti.
Intervyu avvalida şu masalaga oydinlik kiritib olsak. Rahbarlar bilan boğliq bunday salbiy xabarlarning kunda, kunora çiqib turişi siz körgan, bilgan jamiyatlar bilan soliştirganda qançalik normal?
Zuhriddin Isomiddinov:

— Kasallikni davolaşga kirişiş payti eng oğir davr böladi. Rahbarlarni muhokama qilib boşlaganimizning özi jamiyatning tozalanişga harakati belgisi. Ilgari bunday masalalarni qöyiş mumkinmas edi, rahbarlar göyo fariştadek tasavvur qilinardi. Rahbar ham oddiy odam.
Bunday masalalarni mö’tadil qabul qiliş tarafdoriman. Kun tartibidan tuşirmaslik kerak. Jamiyat özini tozalaşni istasa, tez-tez muhokama qilib turişi kerak. Stalinning kadrlar hamma narsani hal qiladi, degan gapi töğri. Kadrlar noloyiq bölsa, korrupsiyaga yöl oçiladi. Muammolarning «onaboşisi» kadrlar masalasi. Eng birinçi örinda rahbar tuşuniladi. Muammo oçilgandan keyin tuzatiş boşlanadi. Boşqa rivojlangan jamiyatlar ham şu bosqiçdan ötgan.














