O‘zbekiston | 11:52 / 23.11.2023
5712
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xaridlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi kutilyapti

Mansabdor shaxslar bilan birgalikda davlat xaridlariga mas’ul bo‘lgan ijrochi xodimlarni ham javobgarlikka tortish taklif etilmoqda.

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtashevaning ma’lum qilishicha, qonun bilan MJtKning 175(8)-moddasining (Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) sanksiyasi kuchaytirilib, jarima summasi miqdorini oshirish taklif etilmoqda.

Shuningdek, ushbu modda bilan avval faqat mansabdor shaxslar javobgarlikka tortilgan bo‘lsa endilikda qonun loyihasiga ko‘ra,  mansabdor shaxslar bilan birgalikda davlat xaridlariga mas’ul bo‘lgan ijrochi xodimlarni ham javobgarlikka tortish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, Yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish maqsadida Respublika oliy ta’lim muassasalarida Aksilkorrupsiya kovorking markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda va barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan YouthLed loyihasi ishlab chiqildi.

Mavzuga oid