Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda 5 ta sohadagi yirik loyihalarda qatnashmoqchi
Ar-Riyodda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamda sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Mamlakat elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonida faoliyat yuritayotgan ishbilarmon, shahzoda Abdulaziz bin Mitab Ol Saud shaxsiy ofisining katta maslahatchisi Shuayb Bajva bilan uchrashdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamda sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Suhbatdosh shahzoda Abdulaziz bin Mitab Ol Saud ofisining ishbilarmonlik faoliyati doirasi kengligini inobatga olib, O‘zbekistondagi neft-gaz, qishloq xo‘jaligi, agrosanoat, turizm va infratuzilma sohalaridagi yirik loyihalarda qatnashish istagida ekanini ma’lum qildi.
U podshohlikda "Nigoh-2030" dasturi doirasida qator loyihalar, jumladan, Neom, The Red Sea, Murabba, Roshn, King Salman park, Al Ula va Line loyihalari amalga oshirilayotgani va xorijiy sheriklar uchun ulkan imkoniyatlar yaratilayotganini ma’lum qilar ekan, bunda O‘zbekistondagi yirik kompaniyalarning ham ishtirok etish imkoniyati mavjud ekanligini hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarini safarbar etishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida ishbilarmon Shuayb Bajvaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda O‘zbekistondagi investitsiya loyihalariga Saudiya Arabistoni sarmoyalarini jalb qilishni ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:18
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026