Şu kunlarda jamoatçilik orasida yer osti suvlaridan “hisoblagiç” bilan foydalanişga ötilayotgani borasida turli xabarlar tarqalib, keng muhokama qilinmoqda. Xöş, bu xabarlar qançalik asosli va asosga ega bölsa, u kim uçun qay tartibda amal qiladi? Kun.uz muxbiri ayni savol bilan Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi bölim boşliği Nurbek Pölatovga yuzlandi.

— Yer osti suvlaridan “hisoblagiçlar” örnatgan holda foydalaniş va suvning pulli bölişi borasida xabarlar tarqalmoqda. Xöş, bu nima degani?

— Istalgan rivojlangan va demokratik davlatlarda birinçi örinda qonun ustuvorligi turadi. Bizning konstitutsiyamizda ham yer va yerosti boyliklari, ularni muhofaza qiliş davlat himoyasida ekani töğrisida 68-modda bor. Bundan taşqari, Respublikamizdagi barça suv resurslariga oid tartiblar Özbekiston Respublikasining suv va suv resurslaridan foydalaniş qonuni bilan tartibga solingan. Qonunda vakolatli organlar, suvdan foydalanuvçi va iste’molçilarning majburiyatlari ham belgilangan.

Uşbu qonunning bir qator moddalarida suv iste’molçilari va suvdan foydalanuvçilar majburiyatlaridan biri sifatida suv oliş obektlarida suv hisoblagiçlar örnatilişi belgilangan. Suv oliş obekti deyilganda daryo, kanal, yerosti quduqlari, buloqlar kabilar nazarda tutiladi.

Sönggi yillarda yerosti suvlari monitoringi olib borilganda Respublikamizning 21 ta hududida yerosti suvlari örtaça sathdan 5 metr va undan ortiq pasaygani aniqlandi. Köp yillik quduqlar qurib ham qolgan. Mana şunday holatlar oldini oliş, yerosti suvlarini reabilitatsiya qiliş maqsadida hisoblagiç örnatiş masalasini kötardik. 2022 yil 7 dekabrda prezidentimizning 439-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga köra, 21 ta hududda yerosti suvlaridan foydalaniş böyiça alohida tartib joriy etiladi. 2024 yil 1 yanvardan boşlab, yerosti suvlaridan foydalanişda suv hisoblaş vositalari örnatiş belgilandi.

— Suv hisoblaş vositalari örnatiş aynan kimlarga majburiy?

— Kunlik 5 tonnagaça va 25 metr çuqurlikkaça bölgan suvlarni oluvçi jismoniy şaxslarga mustasno holati bor. Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida şunday qilingan.

Hisoblagiçni, avvalo, yuridik şaxslarga örnatiş majburiy böladi va kunlik 5 tonnadan köp va 25 metrdan çuqur yerosti suvlarini oluvçi jismoniy şaxslarga ham majburiy böladi. Yuridik şaxslarga aholini içimlik suvi bilan ta’minlovçi kommunal taşkilotlari, suv xöjaligiga kiruvçi taşkilotlar, fermer xöjaliklari va yirik sanoat işlab çiqariş zavodlari kabilar kiradi.