O‘zbekiston | 09:58 / 24.11.2023
5648
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar O‘zbekistonda tezyurar poyezdlar uchun temiryo‘l qurishni rejalashtirmoqda

Mazkur temiryo‘l qurilishi Toshkent-Samarqand yo‘nalishida amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Foto: Turizm qo‘mitasi

Qatarning Power International Holding kompaniyasi O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishga investitsiya kiritadi

Turizm qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qo‘mita raisi Umid Shodiyev kompaniya boshqaruv raisi o‘rinbosari Moris Gattas boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Unda mamlakatdagi turizm imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Tomonlar O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish va ularga sarmoya yo‘naltirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Kompaniya Toshkent-Samarqand yo‘nalishida tezyurar poyezdlar uchun temiryo‘l qurilishiga mablag‘ ajratmoqchi. Bundan tashqari, shu yo‘nalishda pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ham bor.

Shuningdek, mamlakatning tarixiy shaharlarida mehmonxonalar qurish, Toshkent viloyatida xalqaro umummavsumiy tematik bog‘ barpo etish loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid