Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Moskva yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklandi
Ushbu qatnov 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan edi.
24 sentabrdan boshlab Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabar berdi.
Ushbu qatnov 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan edi. 2022 yildan xalqaro poyezd qatnovlari tiklana boshladi.
Qayd qilinishicha, 24 sentabr kuni Toshkent – Moskva poyezdi «Toshkent-Markaziy» temir yo‘l vokzalidan yo‘lga chiqdi va Qozog‘istonning «Sariog‘och», «Aris», «Timur», «Turkiston», «Yangiqo‘rg‘on», «Shiyeli», «Qizilo‘rda», «Josali», «Toretam», «Kazali», «Aral», «Sekseul», «Shalkar», «Jyem», «Kandiag‘ach», «Oqto‘be» hamda «Jaysan» temir yo‘l vokzallarida to‘xtab o‘tadi. Shuningdek, Rossiyaning «Ilesk», «Orenburg», «Sorachinsk», «Buzuluk», «Samara», «Ryazan-1», «Kuznetsk», «Penza-1», «Marjansk», «Ryask-1», «Skopin» vokzallariga, 27 sentabr kuni Moskvadagi «Paveletskiy» temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.
Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi 506-sonli poyezd qatnov esa 28 sentabr kuni Moskva vaqti bilan soat 5:40 da «Paveletskiy» vokzalidan Toshkent shahri tomon harakatni boshlaydi. Poyezd 1 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 8:25 da yetib keladi.
Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi haftada 1 marta amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
08:17 / 03.06.2026