OChL. «Paxtakor» BAAda kambek evaziga guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi, «Navbahor» ilk mag‘lubiyatini tan oldi
Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi doirasida «A» va «D» guruhlaridagi o‘yinlar yakuniga yetib, «Paxtakor» va «Navbahor» pley-off bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyatini saqlab qoldi.

«A» guruhida «Paxtakor» BAAda peshqadam «Al-Ayn» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda mezbonlar hisobni ochgan bo‘lsa, toshkentliklar ikkinchi bo‘limda o‘yinda burilish yasay olishdi. Hojimat Erkinov dublga erishgan bo‘lsa, Dragan Cheran uchinchi golga mualliflik qilib, «Paxtakor»ning kambekini ta’minlashdi – 3:1.
Guruhdagi parallel o‘yinda «Al-Fayha» «Axal»dan ustun keldi – 3:1.
Shu tariqa, keyingi bosqichga yo‘llanma olishga ulgurgan «Al Ayn» (12 ochko) dastlabki mag‘lubiyatini tan olgan bo‘lsa, «Paxtakor» 7 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «Al-Fayha»da 6, «Ahal»da 4 ochko bor. «Paxtakor» so‘nggi 6-turda 5 dekabr kuni «Al-Fayha»ni qabul qiladi.
OChL. 5-tur. A guruhi.
«Al Ayn» - «Paxtakor» - 1:3 (1:0)
Hakam: Adham Mahadmeh (Iordaniya)
Gollar: Eysa Halfan 18 – Hojimat Erkinov 54, 62, Dragan Cheran 78.
«Al Ayn»: Muhammad Bu Sanda, 4. Muhammad Ali Shokir, 8. Muhammad Al-Balushi, 10. Alexandro Romero, 11. Bandar Al-Ahbobi, 27. Sulton al-Shamsi (20. Matias Palasios, 62), 40. Holid Ali Al-Balushi, 42. Jonatas Santos, 66. Mansur Said (16. Holid Al-Hoshimi, 62), 70. Alen Traore, 90. Eysa Halfan (99. Josna Loulendo, 66).
«Paxtakor»: 36. Pavel Pavlyuchenko, 88. Shahod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Dilshod Saitov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 28. Diyor Xolmatov, 2. Behruzbek Asqarov, 8. Azizbek Turg‘unboyev, 20. Hojimat Erkinov, 10. Dragan Cheran.
«Al-Fayha» (Saudiya Arabistoni) - «Ahal» (Turkmaniston) – 3:1.
A guruhidagi vaziyat:
Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi D guruhi doirasida ham ikki uchrashuv yakuniga yetdi.
Markaziy o‘yinda guruh peshqadamlari «Navbahor» va «Al-Hilol» Namanganda o‘zaro maydonga tushdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Salim Ad-Dovsari penaltidan foydalana olmagan bo‘lsa-da, 68-daqiqada qatarlik bosh hakam ikkinchi marta O‘tkir Yusupov darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Bu safar Salimning zarbasini Yusupov qaytargan bo‘lsa, qaytgan to‘pni zaxiradan tushgan Malkom golga aylantirdi – 1:0.
85-daqiqada esa Salim Dovsarining o‘zi Yusupov darvozasiga chiroyli gol kiritib, o‘yin masalasini hal qildi – 2:0.
Shu tariqa, «Al-Hilol» 13 ochko bilan yakkapeshqadamga aylandi, «Navbahor» 10 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Namanganliklar 4 dekabr kuni Hindistonda «Mumbay Siti» mehmoni bo‘ladi. O‘yindagi g‘alaba jamoani keyingi bosqichga olib chiqadi, durang esa boshqa jamoalarning natijasini kutishga sabab bo‘ladi.
OChL. 5-tur. D guruhi.
«Navbahor» - «Al-Hilol» - 0:2
Bosh hakam: Salmon Ahmad (Qatar)
Gollar: Malkom 68, Salim Ad-Dovsari 85.
Noaniq penaltilar: Salim Ad-Dovsari 9, 68 (darvozabon)
«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov, 8. Ibrohim Yo‘ldoshev, 13. Filip Ivanovich, 5. Milosh Milovich, 22. Igor Golban, 10. Jamshid Iskanderov, 77. Asadbek Sobirjonov (7. Oston O‘runov, 46), 23. Yovan Jokich, 17. Abror Ismoilov (19. Doniyor Abdumannopov 70'), 14. Jamshid Boltaboyev, 91. Toma Tabatadze (21. Temurxo‘ja Abduxoliqov 82).
«Al-Hilol»: 37. Yassin Bunu, 2. Muhammad Al-Burayk, 3. Kalidu Kulibali, 5. Ali Al-Bulayhi, 66. Saud Abdulrahmon, 28. Muhammad Ka’no, 22. Sergey Milinkovich-Savich, 29. Salim Ad-Dovsari, 56. Muhammad Al-Qahtoni (77. Malkom, 67), 14. Saud Al-Hamdan, 11. Saud Ash-Shahri (9. Aleksandar Mitrovich, 67).
Chetlatish: Ibrohim Yo‘ldoshev, 90+6.
Nassaji Mozandaron – Mumbay Siti – 2:0.
D guruhidagi vaziyat:
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00 / 31.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
Sport | 02:38
-
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Fan-texnika | 01:07
-
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 00:35
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
Mavzuga oid

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

02:13 / 18.02.2025