Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi korxonalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish taklif etildi
Qonun hujjatlariga atrof tabiiy muhitni normativdan ortiq darajada ifloslantiruvchi korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklashni hamda to‘xtatib turishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Foto: Kun.uz
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, qurilish, ishlab chiqarish va urbanizatsiya ko‘lamining kengayishi atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shunga ko‘ra, atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishining oldini olish maqsadida tabiatga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obektlar faoliyatini cheklash va to‘xtatib qo‘yish mezonlarini qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri kelyapti.
Mazkur qonun loyihasi bilan esa qonun hujjatlariga atrof tabiiy muhitni normativdan ortiq darajada ifloslantiruvchi korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklashni hamda to‘xtatib turishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Deputatlar ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatda ekologik holatni yanada yaxshilash, aholining hayoti va sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi mas’uliyatini oshirish imkonini beradi.
Muhokamalar yakunida qonun loyihasi qabul qilindi.
Mavzuga oid
15:20 / 15.12.2025
O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar: TOP-10 davlat ro‘yxati
14:57 / 13.12.2025
Tadbirkorlik xaritasi: eng ko‘p korxona Toshkent shahrida
14:30 / 11.12.2025
Korxonalarda issiqlik xo‘jaligini yuritish bo‘yicha yangi me’yorlar joriy etiladi
12:16 / 04.12.2025