Hujjat bilan «Tartibga soliş qumdoni» maxsus huquqiy rejimini joriy etiş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizom tasdiqlanmoqda.

Ma’lumot uçun: «Tartibga soliş qumdoni» maxsus huquqiy rejim  yuridik şaxs bölgan tadbirkorlik sub’yektlarining zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni yoki boşqa intellektual faoliyat natijalarini nazorat qilinadigan çeklangan muhitda sinovdan ötkaziş böyiça faoliyatini maxsus tartibga solişni nazarda tutadi.

Vakolatli organlar:

Raqamlaştiriş vazirligi;
Transport vazirligi;
Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi;
Qişloq xöjaligi vazirligi;
Quriliş va va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi. 

Yangi mahsulot, xizmat va işlarni maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qiliş böyiça qaror qabul qilinganda, ular uçun litsenziya va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlar maxsus huquqiy rejimni qöllaş töğrisidagi kelişuvda körsatilgan muddatda talab etilmaydi.

Rejim quyidagi talablar asosida joriy etiladi:

loyihaning yangiligi, zamonaviy texnologiyalarga asoslanganligi hamda amaldagi mahsulot, xizmat va işlarga nisbatan takomillaştirilganligi;
loyihani amalga oşirişni tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatning mavjud emasligi yoki qonunçilik hujjatlarida loyihani amalga oşiriş bilan boğliq taqiqlar mavjudligi;
maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va işlarni realizatsiya qilişda texnik imkoniyatlarning mavjudligi;
maxsus huquqiy rejimni joriy etiş şaxsning hayoti, soğliği yoki mol-mulkiga, şuningdek, davlat mudofaasi va xavfsizligiga zarar yetkaziş xavfi baholaganligi va bunday xavf-xatarlarni yuzaga keltirmasligi yoki ularni kamaytiriş çoralari körilganligi. 

Maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat yoki işlarni sinovdan ötkaziş böyiça sörovnoma YaIDXP orqali qabul qilinadi. 

Sörovnomani körib çiqiş muddati – 30 kun, uşbu muddat içida vakolatli organ joyiga çiqqan holda örganiş ötkazadi. Örganiş davomida loyihaning taqdimoti bölib ötadi, uning doirasida videoyozuv amalga oşirilişi mumkin. Ijobiy qaror qabul qilinganda tadbirkorlik sub’yekti bilan şartnoma tuziladi.