2023 yildan boşlab tadbirkorlar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni yoki boşqa intellektual faoliyat natijalarini sinovdan ötkazib körişi mumkin böladi. Yangi mahsulotlarni işlab çiqariş jarayonida ayrim qonunçilik normalariga amal qilmaslikka ruxsat beriladi. Kun.uz “qumdon” qanday işlaşini tuşuntiradi.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solişni soddalaştirişga oid prezident farmoniga binoan, 2023 yil 1 yanvardan “tartibga soliş qumdoni” işga tuşadi.
Xöş, tartibga soliş qumdoni nima?
Özbekistonda bunday qumdonni birinçi bölib (2022 yilning avgustida) Markaziy bank joriy qildi. Regulyatorning moliyaviy xizmatlar qumdoni – yangi moliyaviy xizmatlarni joriy qiliş uçun sinovdan ötkazişni tartibga soluvçi huquqiy rejim.
Masalan, biror taşabbuskor yangi moliyaviy xizmatni yölga qöymoqçi bölsa va qonunçilikda unga oid norma bölmasa, huquqiy tartibga solinmagan yoki noaniqliklar mavjud bölsa, taşabbuskorlar şu tizimdan foydalangan holda, yangi xizmatni sinovdan ötkazişi mumkin böladi.
Sinovdan muvaffaqiyatli ötgan xizmatlarga doir normativ hujjatlar işlab çiqilişi mumkin.
Nega endi “qumdon”?
Buyuk Britaniyada joriy qilingan bu tizim (regulatory sandbox)da bolalar öynaydigan qumli maydonça ramz qilib olingan bölib, tizim yangi moliyaviy xizmatlarni sinovdan ötkaziş uçun sinov maydonçasini yaratib berişni nazarda tutadi.
Tadbirkorlar uçun “qumdon” nimani anglatadi?
Prezident farmonida nazarda tutilgan tovar va xizmatlar “qumdon”ida ham eksperimentlar ötkaziş va uning natijalariga köra qonunçilik hujjatlari takomillaştirilişi mumkin.
Tadbirkorlik sub’yektlari qumdonda nimalarni sinovdan ötkazadi?
Qumdonda tadbirkorlik sub’yektlarining zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni yoki boşqa intellektual faoliyat natijalarini sinovdan ötkazişi mumkin. Ammo eksperimentlar nazorat qilinadigan çeklangan muhitda amalga oşiriladi. Ya’ni eksperiment muddati va qayerda ötkazilişi aniq belgilab olinadi.











