Prezident farmoni bilan prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta taşkil etildi.
Quyidagilar agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:
- kriptoaktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
- kriptoaktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişini ta’minlaş;
- kriptoaktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurollarini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça çoralarni işlab çiqiş va amalga oşirişda iştirok etiş;
- davlat boşqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boşqa eng yangi texnologiyalarni joriy etiş böyiça loyihalarni taşabbus qiliş va ilgari surişga kömaklaşiş.
Agentlik kriptoaktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik şaxslar uçun maxsus taşkiliy-huquqiy şaroit yaratişni nazarda tutuvçi kriptoaktivlar aylanmasi sohasida tartibga soliş maxsus rejimini (“Tartibga soliş qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi.
“Tartibga soliş qumdoni” maxsus rejimida tajriba-sinov loyihalarini amalga oşiriş doirasida:
- maxsus rejim iştirokçilari barça turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalarni, şuningdek belgilangan tartibda tasdiqlanadigan röyxatlar böyiça Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan, öz ehtiyojlari uçun olib kirilayotgan uskunalar, butlovçi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uçun bojxona tölovlari (bojxona yiğimlaridan taşqari) tölaşdan ozod etiladi;
- maxsus rejim iştirokçilari bilan tuzilgan mehnat şartnomalari böyiça xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğiga tortiladi hamda soliq soliş maqsadida belgilanadigan jismoniy şaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.
Agentlik direktori Dmitriy Romanoviç Li qayta taşkil etilgan agentlik direktori sifatida faoliyatini davom ettiradi











