Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Dubay şahrida bölib ötayotgan BMTning global iqlim sammitida sözga çiqib, bir neçta takliflarni ilgari surdi.

“Biz iqlim özgarişiga qarşi faqat birdamlik va keng xalqaro hamkorlik orqali samarali kuraşişimiz mumkin. Bu borada quyidagi takliflarni ilgari surmoqçiman.

Birinçidan. Parij şartnomasi doirasida Iqlim özgarişiga moslaşiş sohasidagi Global hadli mexanizmni tezroq kelişiş tarafdorimiz.

Biz Markaziy Osiyo iqlim muloqoti platformasida Adaptatsiya strategiyasini işlab çiqmoqdamiz.

Keça “Yöqotiş va zararlar” jamğarmasini taşkil etiş böyiça qabul qilingan muhim qarorni yuksak baholaymiz.

Ikkinçidan. Global miqyosda kam uglerodli iqtisodiyotga ötiş adolatli, şaffof va inklyuziv bölişi şart.

Bunda rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlari albatta inobatga olinişi juda muhim. Bu muammo “Katta ettilik” va “Katta yigirmalik” formatlarida doimiy körib çiqilişi maqsadga muvofiqdir.

Uçinçidan. Biz BMT rezolyutsiyasi asosida Orolböyi hududini ekologik ofat zonasidan “innovatsiyalar, texnologiyalar va yangi imkoniyatlar mintaqasi”ga aylantirmoqçimiz.

Bu yerda Iqlim texnologiyalari xalqaro ekspo-habini yaratişda yaqin hamkorlikni taklif etamiz.

Törtinçidan. Iqlim özgarişiga qarşi kuraşda ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanişimiz lozim.

Toşkentdagi “Yaşil universitet” negizida taşkil etilayotgan “Iqlim ilmiy forumi”da davlatlaringiz yetakçi olim va ekspertlarini iştirok etişga çaqiraman. Yer degradatsiyasi, suvdan foydalaniş, oziq-ovqat xavfsizligi muammolari forum kun tartibidan joy oladi, deb işonaman.

Beşinçidan. BMT bilan 2024 yilda Özbekistonda “Iqlim migratsiyasi” konferensiyasini ötkaziş niyatidamiz.

Xalqaro mehnat taşkiloti bilan“Yaşil bandlik” dasturini işlab çiqiş va [iqlim özgarişining bandlikka ta’sirini] Modellaştiriş markazini taşkil etişni taklif qilaman.

COP Yoşlar konferensiyasini mamlakatimizda yuqori darajada taşkil etişga tayyormiz”, – dedi prezident.