Xususan, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va JAR prezidenti Siril Ramafosa öz çiqişlarida Isroilni harbiy jinoyatlarda ayblagan.

«Janubiy Afrika Ğazoda sodir bölayotgan şafqatsiz fojiadan dahşatga tuşdi. Falastinning begunoh xalqiga qarşi uruş – uruş jinoyati bölib, hoziroq töxtatilişi kerak», – degan Ramafosa.

«Iqlim muammolari haqida gapirar ekanmiz, biz Falastin yerlarida yuz berayotgan gumanitar inqirozni eslamasdan ötib ketolmaymiz. Asosiy qismi ayollar va bollar bölgan 16 mingdan ortiq tinç aholini öldirişini heç qanaqasiga oqlab bölmaydi», – degan Erdöğan.

Şuningdek, Turkiya yetakçisi muammoning yagona yeçimi 1967 yilgi çegaralar asosida mustaqil Falastin davlati tuzilişi ekanini ta’kidladi va bu borada Turkiya yordamga tayyorligini aytdi.

«Şu sababli yana aytaman – «Dunyo beştalikdan köproq» (Xavfsizlik kengaşining 5 ta doimiy a’zolari haqida – tahr.) va yanada adolatliroq bölişi mumkin», – degan u.

BMT boş kotibi Antonio Guterriş Isroil-Hamas uruşi katta azob va kuçli his-tuyğularga sabab bölayotgani, sulhdan söng yana Ğazoda bombalar ovozi eşitila boşlaganini afsus bilan qayd etgan.

Tadbirdagi Ğazo bombardirovkasining tanqid qilişlaridan söng Isroil prezidenti Isaak Gersog juma kuni rejalaştirilgan nutqini bekor qilgan va çiqiş qilmagan.

Ğazoning ekologik muammolari

 

«Biz mutaxassislarimiz bilan barqaror rivojlaniş va iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatiş böyiça muzokaralar ötkazişimiz kerak edi. Lekin, Ğazodagi köplab texnik xodimlarimiz bilan aloqa uzilib qoldi», – degan tadbirda qatnaşayotgan Falastin ma’muriyatining iqlim özgarişi böyiça eksperti Hadil Ihmais.

Ğazo sektori va umuman Falastindagi eng muhim ekologik muammolardan biri aholida toza içimlik suviga imkoniyat yöqligi yoki juda kamligi. Bu nafaqat salomatlikka balki, qişloq xöjaligi va iqtisodga ham salbiy ta’sir qilmoqda.

«7 oktyabrdan keyin yuzaga kelgan falokatning kölamini tasavvur qilib bölmaydi. Deyarli barça tuzilmalar vayron böldi. Biz yillar davomida strategik iqlim harakati orqali erişganlarimiz, şu jumladan xalqaro taşkilotlar moliyalaştirilgan suğoriş loyihalari, suv nasoslari, tuzni tozalaş va kanalizatsiya tizimi va GCF (Yaşil iqlim jamğarmasi) tomonidan moliyalaştirilgan boşqa loyihalar vayron qilindi», – degan Ihmais.

Mutaxassisga köra, Isroil va Hamas örtasidagi öt oçişni töxtatiş kelişuvining bekor qilinişi Ğazodagi vaziyatni yanada yomonlaştiradi.

«Dubayda davom etayotgan COP28 tadbiri oçilganidan buyon köplab taşkilotlar vakillari uruşni zudlik bilan va butunlay töxtatiş haqidagi çaqiruvimizni qöllab-quvvatlaganliklarini aytiş uçun bizning pavilonimizga kelişdi. Biz ularning Falastin xalqi bilan xalqaro birdamlik namoyişini yuqori baholaymiz», – dedi Ihmais.