Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hududgazta’minot» havo harorati keskin pasayishi munosabati bilan iste’molchilarga murojaat qildi
Gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, gaz uchun to‘lovni vaqtida amalga oshirish so‘raldi.
Foto: Kun.uz
Havo haroratining keskin pasayishi tufayli iste’molchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rishi, isitish moslamalari va gaz plitalarini qarovsiz qoldirmasligi, ventilyatsiya tizimiga alohida e’tibor berishi zarur. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ eslatib o‘tdi.
Iste’molchilardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yo‘l qo‘ymaslik va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan taqdirda 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilish so‘raldi.
Shu bilan birga, «Hududgazta’minot» AJ iste’molchilarga tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlanish uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatdi. To‘lovlarni tuman gaz ta’minoti bo‘limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkinligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, tabiiy gaz ta’minotini qayta tiklash uchun to‘lovni amalga oshirish va hisoblagich bloklanib qolmasligini oldini olish maqsadida, uni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini o‘chirib qo‘yish lozim. Ko‘k rangli «Enter» tugmasining uch marta bosish yonilg‘i ta’minotini tiklash imkonini beradi.
Noto‘g‘ri yoqilgani sababli hisoblagich «blokirovka» bo‘lcha, 1104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak. Shunda mutaxassislar hisoblagichni tizimga ulashda yordam beradi.
Mavzuga oid
22:33 / 25.03.2026
Shavkat Mirziyoyev huzurida neft-gaz tarmog‘idagi ishlar ko‘rib chiqildi
07:49 / 19.03.2026
Jahon gigantlari energiyani qaysi manbalardan oladi?
10:40 / 17.03.2026
Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
13:43 / 16.03.2026