OChL. «Paxtakor» «Al-Fayha»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, guruhda 3-o‘rinda qolib ketdi
Osiyo Chempionlar ligasi 6-turi doirasida «Paxtakor» Toshkentda yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.

O‘zbekistonning amaldagi chempionini g‘alabadan boshqa natija qanoatlantirmas, qolaversa, «Persepolis»ning «Ad-Duhayl» bilan o‘yinda ochko yo‘qotishini kutishi kerak edi. Hojimat Erkinov 10-daqiqada hisobni ochgach, Maksim Shatskix shogirdlarining guruhdan chiqa olishiga umid paydo bo‘lgandi – 1:0.
Ammo bo‘lim yakunida Sakala hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Saudiya klubi yana uchta gol kiritib, Toshkentda mezbon jamoani yirik hisobda mag‘lub etdi – 1:4.
Shu tariqa, «Paxtakor» Saudiya Arabistoni chempionatida 9-o‘rinda borayotgan jamoaga mag‘lub bo‘ldi va A guruhida 7 ochko bilan 3-o‘rinni egallab, turnirdagi ishtirokini to‘xtatdi. Musobaqaning nimchorakfinal bosqichida «Nasaf» va «Navbahor» O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
OChL. «A» guruhi. 6-tur
«Paxtakor» – «Al-Fayha» - 1:4
Bosh hakam: Ahmad Abu Bakar (Ummon)
Gollar: Hojimat Erkinov 10 – Sakala 40, 90+4, Sulton Mandash 46, Onekuru 85.
«Paxtakor»: 36.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 4.Doston Tursunov, 8.Azizbek Turg‘unboyev, 10.Dragan Cheran, 11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 20.Hojimat Erkinov, 28.Diyor Xolmatov, 34.Farrux Sayfiyev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Muhammadali O‘rinboyev, 12.Sunnatilla Poyonov, 18.Saidumarxon Saidnurullayev, 31.Muhammadali Usmonov, 40.Kimi Merk, 49.Dilshod Abdullayev, 60.Islom Anvarov.
«Al-Fayha»: 28.Ahmad Al Kassar, 8.Abdulrahmon As-Safari, 12.Yusuf Haqavi (11.Holid Kaabi 77), 17.Feshn Sakala, 22.Muhammad Al Baqavi, 23.Milan Pavkov (7.Genri Onekuru, 58), 27.Sulton Mandash, 29.Navaf Al Harti, 33.Husayn Al Shuvaysh, 70.Abdulrahmon Al Anzi (6.Saud Zaydan 58), 80.Usama Al Halaf.
Guruhdagi yakuniy vaziyat:
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
22-tuzatish. Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?
Jahon | 16:28
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

02:13 / 18.02.2025