Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Qo‘shimcha qatnovlar 8-9 dekabr kunlari amalga oshiriladi.
Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida harakatlanuvchi «Afrosiyob» tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 8–9 dekabr kunlari «Afrosiyob» tezyurar poyezdi quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi
Samarqand 11:13 — Toshkent 13:23
768-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi
Toshkent 13:39—Samarqand 15:49
775-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi
Samarqand 11:05 — Toshkent 13:20
776-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05
Chiptalarni temiryo‘l chiptaxonlaridan va elektron tarzda eticket.railway.uz sayti orqali sotib olish mumkin.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026