Atom energiyasi xalqaro agentligi O‘zbekistonning 5 ta milliy loyihasini tasdiqladi
AEXA boshqaruvchilar kengashi texnik hamkorlik dasturini tasdiqladi, unga ko‘ra, O‘zbekistonning beshta yangi milliy loyihasi yangi siklda amalga oshiriladi.
Venada Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) boshqaruvchilar kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, sessiya kun tartibidan AEXAning texnik hamkorlik sohasidagi faoliyatini ko‘rib chiqish va 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan yangi texnik hamkorlik dasturini tasdiqlash masalalari o‘rin oldi.
AEXA boshqaruvchilar kengashi texnik hamkorlik dasturini tasdiqladi, unga ko‘ra, O‘zbekistonning beshta yangi milliy loyihasi yangi siklda amalga oshiriladi. Ulardan uchta loyiha yaratilayotgan atom sanoati infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha milliy salohiyatni oshirish («O‘zatom» agentligi), atom energetikasini samarali tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash («O‘zsanoatkontexnazorat»), shuningdek, yadroviy xavfsizlik, O‘zbekiston tadqiqot yadro reaktorining foydalanish ko‘rsatkichlarini oshirish va samarali foydalanishga (Fanlar akademiyasi) qaratilgan.
To‘rtinchi loyiha Suv resurslari va barqaror izotoplardan foydalangan holda ifloslanish manbalarini monitoring qilish uchun barqaror izotop laboratoriyasini tashkil etishni nazarda tutadi. Loyiha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
«Saratonni davolashda radiatsiyaviy tibbiyotni kengaytirish va mustahkamlash» deb nomlangan beshinchi loyiha O‘zbekistonda ilg‘or va yuqori sifatli nur terapiyasi, diagnostik radiologiya va boshqa yadro tibbiyoti texnologiyalarini joriy etish orqali saraton kasalligidan o‘lim darajasini kamaytirishni nazarda tutadi. Loyiha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, saratonning turli turlarini tashxislash va davolash bo‘yicha milliy tavsiyalarni ishlab chiqish, tibbiyot xodimlarini keng qamrovli tayyorlashni nazarda tutadi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda ikkita yangi ekologik loyiha ishga tushirildi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolaydi
O‘zbekiston | 14:44
-
Bayden Trampning bir qator taniqli raqiblarini afv etdi
Jahon | 14:30
-
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20
Mavzuga oid
14:50
O‘zbekistonda ikkita yangi ekologik loyiha ishga tushirildi
09:59 / 11.01.2025
2025 yilda 307 ta yirik loyiha ishga tushiriladi
11:51 / 11.12.2024
AEXA Zaporijjya AESga ketayotgan avtomobilga dron zarbasi haqida ma’lum qildi
22:04 / 06.12.2024