O‘zbekiston | 11:37 / 06.12.2023
1965
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida IT-akademiya tashkil qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Farg‘ona viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:

IT-akademiya;
IT-parkning Farg‘ona filiali;
IT-park universiteti Farg‘ona filiali;
masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi inkubatsiya va akseleratsiya markazi;
kibersport markazi;
IT-park rezidentlari uchun ofislar va boshqa obektlar tashkil etilishi mo‘ljallanmoqda.

Qaror loyihasi bilan Farg‘ona viloyatida:

xalqaro ta’lim standartlari asosida kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash;

axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatish;

dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini rivojlantirish;

masofaviy IT-xizmatlar eksporti hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

hududda yoshlarning zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga va ularni kafolatlangan buyurtmalar bilan ta’minlashga ko‘maklashish;

yoshlarni zamonaviy va yuqori daromadli kasblarga o‘qitish ishlarini tashkil etish;

axborot texnologiyalari sohasidagi professional kadrlar zaxirasini, shu jumladan boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish;

kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va IT-kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

axborot texnologiyalari sohasida investitsiyalar samaradorligini oshirish;

IT-parkning rezidentlari sonini oshirish;

mahalliy hamda xorijiy IT kompaniyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarni ishlab chiqish hamda yoshlarda bunday ko‘nikmalarni shakllantirish;

innovatsion g‘oyalar, startaplar va venchur loyihalarini moliyalashtirish tizimini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

xorijiy investitsiyalarni mahalliy IT-mahsulotlarini ishlab chiqish va rag‘batlantirishga jalb qilish;

axborot texnologiyalari sohasida autsorsing xizmatlari bozorini rivojlantirish;

kibersport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish kabi bir qator ishlar amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid