Obid Hakimov: JSTga qo‘shilish aholi farovonligini sezilarli oshiradi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi baholariga ko‘ra, O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lganidan keyin savdo xarajatlarining qisqarishi va buning natijasida yalpi ichki mahsulot hamda aholi farovonligining sezilarli darajada o‘sishini kutish mumkin. Bu haqda markaz direktori Obid Hakimov aytib o‘tdi.

Foto: Kun.uz
“Savdo liberallashtirilgan holatda 0,4-0,5 foiz iqtisodiy o‘sishga, farovonlikni esa 0,9-1,0 foiz darajasida oshirishga erishish mumkin”, – deya uning so‘zlarini keltirmoqda markaz matbuot xizmati.
Obid Hakimov 4 dekabr kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan “Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash: O‘zbekiston nuqtayi nazari” mavzusidagi brifingda bu borada so‘z yuritgan.
Hakimovga ko‘ra, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish tarafdori va ayni paytda savdo hamkorlarini diversifikatsiya qilish ustida ishlamoqda.
“Aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan import bojlarini liberallashtirish izchil davom etayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida ham islohotlar amalga oshirilmoqda, bu yo‘nalishda O‘zbekiston JST normalari va standartlariga moslashmoqda, shu jumladan, notarif savdo to‘siqlarini qayta ko‘rib chiqmoqda”, – dedi Obid Hakimov.
U o‘z so‘zida O‘zbekiston iqtisodiyoti 6 yil ichida 53 mlrd dollardan 2022 yilda 82 mlrd dollarga o‘sgani, aholi jon boshiga YaIM hajmi esa 2018 yildagi 1 604 dollardan 2022 yilda 2 255 dollarga ko‘tarilganini qayd etdi.
Shuningdek, investitsiyalar oqimi 2017 yildagi 3,3 mlrd dollardan 2022 yilda 9,8 mlrd dollargacha oshdi. Eksport hajmi 2017 yildagi 12,6 mlrd dollardan 2022 yilda 19,3 mlrd dollargacha ko‘paydi. Eksport qilinayotgan mahsulotlar turlari 1,5 mingtadan 3 mingtaga, eksport geografiyasi – 139 mamlakatdan 164 mamlakatga yetdi, tayyor mahsulotlar eksporti ikki baravar ko‘paydi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro savdo hajmi 2,6 baravarga – 2016 yildagi 4,2 mlrd dollardan 2022 yilda 11 mlrd dollarga oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 5 baravarga ko‘paydi, deya ta’kidladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Radarlar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46
-
Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi
O‘zbekiston | 16:21
-
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 16:16
-
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05
Mavzuga oid

16:24 / 02.12.2024
O‘zbekiston JST a’zoligi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi

16:57 / 29.11.2024
O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

17:11 / 26.11.2024
"JST bu – adolatli savdo tizimi" - Jamshid Qo‘chqorov

22:12 / 22.11.2024