Xaloskor migrantlar va iqtisodiy siyosatdagi iste’fo - hafta dayjesti
|14:40 / 02.11.202511 26616 min
Agar pul ötkazmalari köpaymaganda, bu yil 8 ta viloyatda aholi kambağallaşgan bölardi: Timur Işmetovning bojlarni kamaytiriş çaqiriğiga yangi maslahatçi Obid Hakimov qanday qaraydi? Poytaxt hokimligi 174 ta daraxtni qirib taşladi: şunga qaramay joylardagi ekologiya boşliqlari hokimlarga böysundiriladimi? Haydovçilarning xohlagança qoida buziş “huquqi” bekor böladi, lekin yangi “lazeyka”ga çora bormi?
Haftaning Özbekiston hayotiga oid dolzarb mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Pul ötkazmalari – aholining xarid qobiliyatini östirayotgan asosiy omil
Statistika agentligi Özbekiston aholisining topiş-tutişi haqidagi yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Ma’lum bölişiça, bu yil aholining real daromadlari ösişi biroz tezlaşgan. Ötgan yili yanvar-sentabr oylarida aholi jon boşiga real daromadlar ösişi 5,5 foiz bölgan bölsa, bu yil 6,3 foizga yetgan. Ya’ni hozirgi örtaça özbekistonlikning xarid qobiliyati ötgan yilgisidan 6,3 foizga yuqoriroq. Lekin bu respublika miqyosidagi umumiy körsatkiç bölib, hududlar kesimida jiddiy farq qiladi.
Masalan, Toşkent şahrida yaşovçilarning topiş-tutişi bu yil 10,3 foizga yaxşilandi, farğonaliklarning real daromadi esa bundan-da köproq – 13,3 foizga köpaydi. Xuddi şu paytda Farğonaning yonidagi Andijonda real daromadlarning ösişi atigi 1,1 foiz bölgani hayratlanarli. Ikki qöşni viloyat örtasidagi bunçalik farqli tendensiyaning sababi tuşunarsiz.
Respublikaning eng boy hududi bölmiş Toşkent şahrida jon boşiga 9 oylik umumiy daromad 52 mln söm bölgan. Poytaxtdan boşqa hududlarda esa bu körsatkiç örtaça 19,8 mln sömga teng. 5 yil oldin toşkentliklar qolgan 13 ta hudud aholisiga nisbatan örtaça 2 barobar köp pul topardi, hozir esa bu farq 2,6 barobarga yetgan. Xususan, Toşkent va Qoraqalpoğistondagi aholi daromadlari naq 3,5 barobarga farq qilyapti.
Şunga öxşaş tafovutni oylik maoşlar statistikasida ham köriş mumkin. Yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahridagi örtaça oylik 10 mln 380 ming sömni taşkil etgan bölsa, poytaxtdan boşqa hududlarda örtaça 5 mln söm bölgan. Respublika böyiça örtaça oyliklar 6 mln 167 ming sömga yetgan, bu – hisobot davridagi örtaça kurs böyiça 483 dollarga teng. Bundan daromad soliğini çegirib taşlasak, oylik maoşdan boşqa daromadi yöq özbekistonliklar örtaça 425 dollarga kun keçirayotgani ma’lum böladi.
Mavzuga oid
E’tiborga molik yana bir jihat şundaki, hududlarda nafaqat turmuş darajasining oşişi sekin ketyapti, balki aholining xorijdan pul ötkazmalariga boğliqligi ham öta yuqoriligiça qolyapti. Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning hisob-kitoblariga köra, agar pul ötkazmalarining miqdori ötgan yilgi darajasida özgarişsiz qolganida, Özbekiston aholisining jon boşiga umumiy daromadlari bu yil ösmagan bölardi. Qolaversa, aynan pul ötkazmalaridagi ösiş 8 ta viloyat aholisini kambağallaşişdan saqlab qolgan. Masalan, agar xorijda yurgan samarqandlik migrantlarning soni va ular yuborgan pullar miqdori oşmaganida, bu yil viloyat aholisi 5 foizga kambağallaşgan bölar edi.
Ma’lumot uçun, yanvar–sentabr oylarida Özbekistonga xalqaro pul ötkazmalari 13,9 mlrd dollar bölgan. Bu – bir yil oldingidan 24 foizga, ikki yil oldingidan 66 foizga köp. Demak, zahmatkaş migrantlarimizga xalq farovonligini oşirayotgani uçun minnatdorçilik bildirişning hozir ayni payti.
Iqtisodiy siyosat böyiça maslahatçi özgardi. Savdoga tösiqlar kamayadimi?
Aynan iqtisodiyot sohasiga, demakki xalq farovonligiga mas’ul eng katta amaldorlardan biri bu hafta işdan olindi. Özbekiston prezidentining iqtisodiyot böyiça maslahatçisi Ravşan Ğulomov lavozimini tark etdi. U 6 yildan beri iqtisodiy siyosat böyiça davlat rahbariga maslahatçilik qilib kelayotgan edi. Ğulomov hududiy rivojlaniş böyiça maslahatçi lavozimiga ötkazilgan. Uning örniga iqtisodiyot böyiça maslahatçi etib, şu paytgaça Ğulomovning örinbosari va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimlarida işlab kelgan Obid Hakimov tayinlandi.
Obid Hakimov
AQŞ universitetlarida öqigan Obid Hakimovni jamoatçilik – ötmişdoşidan farqli ravişda – nisbatan oçiq rahbar sifatida taniydi. U – Özbekistonda kambağallikni qisqartiriş strategiyasi mualliflaridan biri sifatida, bu masala siyosiy kun tartibiga olib çiqilgan ilk yillarda bir neça bor intervyular bergan, maqolalar e’lon qilgan, matbuot anjumanlari ötkazgan. Öz çiqişlarida kambağallikka qarşi kuraşiş uçun kompleks yondaşuv kerakligi, ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimi samarali işlaşi zarurligi, iqtisodiyotda samaradorlik ortişi kerakligiga urğu bergan. Şu bilan birga, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolik masalasi kun tartibiga çiqqanida, Özbekistonning bu taşkilotga kirişiga xayrixohlik bildirgan.
Rasmiylarga köra, Özbekistonda milliy ölçovlar asosidagi kambağallik darajasi 2016 yilda 34-35 foiz bölgan, hozir esa 6,6 foizga tuşgan. 9 yildagi natija darhaqiqat e’tirofga loyiq. Lekin aytiş kerakki, kambağallikni qisqartirişning “Yangi Özbekiston modeli” deb atalayotgan siyosat kamçiliklardan xoli emas. Hukumatdan mustaqil iqtisodçilarga köra, kambağallikka qarşi kuraşning eng yaxşi yöli bu – iqtisodiy ösiş. Iqtisodiy ösişning, ya’ni kambağallikni qisqartirişning tez yoki sekin bölişi esa sud-huquq organlarining xolisligi va savdoning erkinligi kabi fundamental omillarga boğliq. Boşqaça aytganda, sudlar çiqarayotgan har bitta adolatsiz hukm va savdoga qöyilayotgan har bitta yangi tösiq – aholini kambağallaştiradi. Kambağallikni qisqartiriş uçun qabul qilinayotgan har xil dasturlar esa qaror qabul qiluvçilarni ana şu fundamental muammolardan çalğitişi mumkin, deydi iqtisodçilar.
Savdoga qöyilayotgan tösiqlardan ötgan hafta Markaziy bank ham noligan edi. Bu tösiqlar regulyatorga 5 foizlik inflyatsion targetga yetişiga xalal beryapti. Markaziy bank raisi Timur Işmetovning sözlariga köra, iqtisodiyotda narx-navo barqarorligini saqlaş uçun inflatsiyaning tub omillarini bartaraf etiş kerak. Buning uçun raqobat muhitini kuçaytiriş, tarif va notarif çeklovlarni kamaytiriş bilan taşqi savdoni erkinlaştiriş, energiya barqarorligini ta’minlaş va transport infratuzilmasini yaxşilaş kerak, dedi Işmetov. Eslatib ötamiz, Markaziy bank avgust oyida aholining xarid qobiliyatini östiriş uçun oyliklarni tezroq oşirişga ham çaqirgandi.
Toşkentda yana daraxtlar qirğini
HabiKatura çizgan surat
Duşanba kuni Kun.uz Telegram-kanalida ikkita qiziq xabar yonma-yon turib qoldi. Birinçi xabar kunlar sovib, havo sifati yana yomonlaşa boşlagan kunlarda Ekologiya vazirligi Toşkent havosini yaxşilaş çoralarini işlab çiqqani haqida edi. Ikkinçi xabarda esa ayni şu Toşkentda hokimiyat yuzlab daraxtlarni qöporib taşlagani yoritilgandi. HabiKatura loyihasi bu ketma-ketlikka e’tibor qaratib, uni karikaturada aks ettirdi. Hajviy suratda “biz Toşkent havosini yaxşilaş çoralarini işlab çiqdik” deyayotgan ekologiya amaldorining ustiga kesilgan daraxt qulaganini köriş mumkin.
Ekologiya vazirligining hukumatga kiritayotgan bu takliflari birinçi marta emas: gap yana poytaxt va uning atrofidagi korxonalar va issiqxonalarga filtrlar örnatiş va kömirdan voz keçiş haqida ketyapti. Avvalgi takliflar taklifligiça qolib ketgan. Voqealar ketma-ketligi ekologlarni heç kim eşitmayotganini ikki martalab tasdiqlab turibdi. Yakkasaroy tumani Bobur köçasidagi arçalar qirğini ekologiya xodimlarining köz öngida röy berdi, ularning qarşiligi amalda heç narsani hal qilgani yöq.
Yam-yaşil bölib ösib turgan joyida noqonuniy kesib taşlangan daraxtlar va butalar soni, Ekologiya vazirligiga köra, 174 ta. Tabiatga yetkazilgan zarar – qariyb 1,5 mlrd söm. Bu zararni kim tölaydi, aynan kim javobgarlikka tortiladi – aniq emas. Göyoki namoyişkorona jinoyat bor-u, jinoyatçi yöqdek. Vazirning maslahatçisi Rasul Kuşerbayevning aytişiça, arçalarni kesib, örniga qimmat daraxtlarni ekiş topşiriğini Toşkent şahri hokimi örinbosari Baxtiyor Rahmonov bergan. Vaziyatga aralaşmoqçi bölgan ekologiya inspektorlari esa bosimga uçragan.
“Rahmonov kelib, bizning respublika inspeksiyamiz xodimining telefonini zörlik qilib olib qöygan. Içki işlar xodimlariga buyurib, olib qöyinglar, degan. Içki işlar xodimi telefonni olib, keyin “Bu Toşkent şahar ekologiya xodimi emas, respublika vazirligi xodimi”, deganidan keyin qaytarib bergan. Qiziği, öşa yerda prokuratura vakillari ham bölgan”, – dedi Kun.uz bilan suhbatda ekologiya vazirining maslahatçisi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Kuşerbayevning qöşimça qilişiça, Toşkent şahridagi ekologiya xodimlari şu yil bahorda “Yaşil makon” dasturi doirasida aslida ekilmagan daraxtlarni ekildi deb yozişga majburlangan. Bu talabga könmagani uçun xodimlardan biri hatto qamab qöyilgan. Yana bir neça kişi işxonasiga kiritilmagan. “Biz öşa holatlarni ham örgandik, tegişli mutasaddilarga jönatdik, lekin heç qanaqa çora körilgani yöq. Hozir prokuratura ham hokimiyatning izmidan çiqib keta olmayapti”, – deydi u.
Arçalar qirğini internetda norozilik keltirib çiqarişi ortidan, poytaxt hokimligi aybini tan olib, aholidan uzr söradi. “Toşkent şahar hokimligi bu holat uçun mas’uliyatni, javobgarlikni töliq öz zimmasiga olgan holda, şahrimiz aholisidan yetkazilgan zarar uçun uzr söraydi. Kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uçun tizimli iş olib boradi”, – dedi şahar hokimining matbuot kotibi Gulnoza Qosimova. U, şuningdek, voqea ortida Baxtiyor Rahmonov turganini rad etdi.
Eslatib ötamiz, kelasi yil 1 yanvardan boşlab 7 ta vazirlik, xususan Ekologiya vazirligining ham 41 ta tuman va 4 ta şahardagi bölimlari tajriba-sinov tariqasida mahalliy hokimliklar tuzilmasiga ötkaziladi. Bu degani, tumandagi ekologiya rahbarini lavozimga tayinlaş va işdan oliş ham, rağbatlantiriş yoki jazolaş ham hokimlar vakolatida böladi.
Haydovçilar uçun uçta yangilik
Avtomaktablardagi nazariy darslarda davomat bekor qilinadigan böldi. Hukumat qaroriga asosan, 2026 yil 1 fevraldan boşlab, “A” va “B” toifadagi, ya’ni mototsikl va yengil avtomobilni boşqariş huquqini beradigan haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy darslarda qatnaşiş ixtiyoriy böladi. Talabgorlar agar yöl harakati qoidalarini mustaqil örganaman desa, avtomaktabda öqiş paytida faqat amaliy maşğulotlarga borişi kifoya. Nazariy darslarda qatnaşiş esa majburiy bölmaydi.
Hukumat qaroridagi yana bir yangilik moped va skuter haydovçilarining oğirini qisman bölsa-da yengillatadi. 1 yanvardan boşlab ular uçun haydovçilik guvohnomasining “A1” kiçik toifasi joriy etiladi. Bu guvohnoma moped va skuter kabi kiçik transport vositalarini boşqariş huquqini beradi va uni oliş uçun avtomaktabda öqiş şart emas: töğridan töğri imtihon topşirib, guvohnoma oliş mumkin. Eslatib ötamiz, 2025 yil 1 oktyabrdan e’tiboran mopedlar va skuterlarga avtoraqam taqiş va faqat guvohnoma bilan haydaş talabi kuçga kirgan.
Qarordagi yana bir band esa köpçilik haydovçilarning ta’bini xira qildi: unga köra, 2026 yil 1 apreldan boşlab radarlar ham jarima ballarini yoza boşlaydi. Xabaringiz bor, bungaça jarima ballari faqat YHX inspektorlari qöl rejimida tuzgan bayonnomalar asosida hisoblab kelinayotgan edi. Yangi tartib esa, “xohlaganingça tez yuraver, pulini tölasang bas” qabilidagi buzuq öyin qoidasiga yakun yasaydi. Har safar radarga tuşganda, 0,5 balldan 2 ballgaça jarima balli hisoblanadi. 12 oy içida 12 ball töplagan qoidabuzar sudga çaqirilib, kamida 6 oyga haydovçilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.
Maşinaning egasi emas, boşqa odam radarga tuşsa-çi, bu holatda jarima balli kimning hisobiga yoziladi? Rasmiylarga köra, bu masala YHXXning mobil ilovasi orqali tartibga solinadi. Öziga tegişli avtomobilni haydaş uçun kimgadir işonçnoma bergan şaxs, maşinani topşiriş paytida u bilan birgalikda ilova orqali tizimni xabardor qilib qöyişi kerak. Lekin bu holatda bitta “lazeyka” bor: jarima balli 12 ga yaqinlaşib qolgan, ya’ni guvohnomasidan ayriliş xavfi ostida turgan haydovçilar tizimni aldaş uçun fiktiv işonçnomalar qilib olişi mumkin. Bunga qarşi qanday çora köriladi – hozirça ma’lum emas.
Yevropa bilan aloqalar qalinlaşmoqda
Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentdagi muzokaralardan keyin qöşma bayonot qabul qildi. / Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Ötgan hafta Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida tarixiy şartnoma – kengaytirilgan şeriklik bitimi imzolangan edi. Bu hafta esa Yevropaning birdaniga uçta davlati prezidenti Özbekistonga keldi.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç, Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini va Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan keçgan oliy darajadagi muzokaralarning umumiy mundarijasi bir-biriga öxşaş: avvalo savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, investitsiya olib kiriş, şuningdek, özbekistonliklar uçun mehnat migratsiyasining yangi yönalişlarini oçiş – muhokama markazida böldi.
Taşriflar davomida qator hujjatlar ham imzolandi. Ötgan haftada Yevroittifoq bilan tuzilgan bitim ittifoqning a’zosi bölmagan Serbiyaga taalluqli emasdi, şu sabab serblar bilan tuzilgan hujjatlar töplami zalvorliroq böldi. Öndan ortiq kelişuv imzolangan bölsa, ular orasidan özaro investitsiyalarni himoya qiliş va iqtisodiy hamkorlik töğrisidagi şartnomalar alohida ahamiyatga ega. Prezident Vuçiçning sözlariga köra, bu kelişuvlar kelgusida imtiyozli savdo töğrisidagi bitimga ham asos böladi. Şundan keyin esa munosabatlarni hatto erkin savdo darajasiga kötariş reja qilingan. Toşkent va Belgrad örtasida töğridan töğri aviaqatnov yölga qöyilişi kutilyapti.
Özbekiston va Serbiya örtasidagi oliy darajali muzokalar 30 yil içida ilk marta ötkazilgan bölsa, Finlandiya prezidentining Toşkentga taşrifi 1992 yildan beri, ya’ni 33 yil içidagi birinçisi böldi. Aleksandr Stubb Özbekistonga alohida bortda emas, Uzbekistan Airways'ning Ostona–Toşkent yönalişidagi odatiy reysida uçib kelgani e’tiborga molik. Özbek–fin muzokaralaridan keyin önga yaqin hujjat imzolandi, xususan ta’limni rivojlantiriş, özaro savdoni moliyalaştiriş va konçilik sohasida hamkorlikka kelişib olindi.
Slovakiya bilan aloqalar esa boş vazir Robert Fitsoning iyun oyida Toşkentga taşrifi vaqtida strategik şeriklik darajasiga kötarilgan va asosiy kelişuvlar öşanda imzolangan edi. Prezident Peter Pellegrinining taşrifida ana öşa kelişuvlarni kengaytiriş muhokama qilindi. Şuningdek, Slovakiya va Serbiya prezidentlari Samarqandda iş boşlagan YuNeSKO sammitida ham mehmon böldi.
Ğarb bilan faol muloqot keyingi hafta ham davom etadi. 6 noyabr kuni Markaziy Osiyo prezidentlari Vaşingtonda C5+1 formatidagi “Markaziy Osiyo – AQŞ” sammitida qatnaşadi. Aftidan, Toşkent va Ostonaning urinişlariga qaramay, Donald Trampni Markaziy Osiyoga kelişga köndirib bölmagan. Sammitdan oldin Trampning mintaqamiz böyiça vakili, özi Toşkentda tuğilgan Serjio Gor duşanba kuni Şavkat Mirziyoyevning qabulida bölib, Özbekiston prezidentiga MAGA kepkasini sovğa qildi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova