Ravşan Ğulomov Özbekiston prezidentining hududiy rivojlaniş böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston prezidentining iqtisodiy siyosat böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.

U tark etgan lavozimida 2019 yil iyul oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.

Şuningdek, Obid Hakimov Özbekiston prezidentining iqtisodiy siyosat böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston prezidentining iqtisodiy siyosat böyiça maslahatçisi örinbosari — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi.

Obid Hakimov avvalgi lavozimida 2019 yil oktyabridan buyon işlab kelayotgandi.

Aziz Mağrupov Özbekiston prezidentining hududiy rivojlaniş böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston prezidentining taşqi investitsiyalar böyiça vakili lavozimidan ozod etildi.

Mağrupov 2018–2023 yillarda prezident yordamçisi bölgan. 2025 yil iyun-iyul oylarida prezidentning taşqi investitsiyalar böyiça maslahatçisi, iyul oyidan beri prezidentning taşqi investitsiyalar böyiça vakili lavozimida işlayotgandi.