Orol dengizi va Ustyurt tekisligi astroturizm uchun dunyodagi eng yaxshi joy deb qayd etildi
Buyuk Britaniyaning Time out sayti dunyoning turli burchaklarida sivilizatsiyadan yiroq tabiiy hududlardagi “Stargazing” - yulduzlarni kuzatish uchun top-10 turizm maskanlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Shutterstock
Maqolada AQSh, Chili, Yangi Zelandiya, Hindiston davlatlarining turistik obektlari bilan bir qatorda Qoraqalpog‘istonning asosiy ekoturizm obekti bo‘lmish Ustyurt tekisligi va Orol dengizi ham qayd etilgan.
Jumladan, dengizning qurib borishi va ekologik ofat oqibatlari bilan kurashishda ekoturizmning alohida o‘rni, bir necha yillardan beri xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Besqala” turistik korxonasi hamda Orol dengizi bo‘yidagi o‘tovlar majmuasi haqida so‘z yuritilgan.
Maqola so‘ngida esa muallif o‘z auditoriyasiga Orolbo‘yi hududiga tur buyurtma qilib dengizni borish ko‘rish, o‘tovlar majmuasida bo‘lish va tungi vaqtlarda yulduzlarni kuzatishni taklif etadi.
Time out nashriyoti 1968 yili o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, bugungi kunda Buyuk Britaniyaning global media mehmondo‘stlik brendi sifatida tanilgan nufuzli nashriyot hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj
O‘zbekiston | 12:36
-
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi
Jahon | 12:20
-
Toshkentda L9 haydovchisi tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi. Faollar unga ko‘rilgan chorani yengil deb baholashmoqda
O‘zbekiston | 12:16
-
O‘zbekiston Rossiyadan turistlar oqimini oshiradi
O‘zbekiston | 12:05
Mavzuga oid

22:24 / 04.04.2025
Samarqandda Markaziy Osiyo Iqlim forumi o‘z ishini boshladi

15:03 / 15.03.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

16:25 / 08.02.2025
200 million tup daraxt, Orolda yuz ming gektar «yashil maydon» va salomatlik yo‘laklari – 2025 yil uchun «yashil rejalar»

10:36 / 07.02.2025