Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlardan ortiqcha yig‘ib olingan ijtimoiy soliq summasi ularning hisobvaraqlariga qaytariladi
Soliq qo‘mitasi yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlaridan ortiqcha yig‘ib olingan ijtimoiy soliq summalari texnik xato bilan bog‘liq bo‘lganini ma’lum qildi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan noto‘g‘ri yig‘ib olingan ijtimoiy soliq summalari ularning hisobvaraqlariga qaytarilmoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
1 dekabr kuni Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanadigan soliq imtiyozlari tashqi manba ma’lumotlari asosida yangilangan.
Avtomatlashtirish jarayonida texnik xatolik yuzaga kelib, oilaviy xususiy bog‘cha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyoz (oyiga 330 ming so‘m) qo‘llanmasdan qolgan.
Ayni paytda mazkur texnik xatolik bartaraf etilgan. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi, deya ta’kidladi Soliq qo‘mitasi.
Mavzuga oid
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
21:40 / 28.03.2026
Chust tumani bosh soliq inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:00 / 28.03.2026
Namanganda eksperiment uchun elektr abonentlari va soliq to‘lovchilar bir-biriga bog‘lab chiqildi
15:12 / 28.03.2026