Jizzaxda AESga birinçi beton quyildi: Rossiya tomoni 25 mlrd dollarlik buyurtmalar haqida gapiryapti. Futbolga oid yangi qaror: endi klublar budjetdan ham pul oladi, futbolçilar esa soliqdan ozod böldi. Şaxsga doir ma’lumotlar qonuni özgardi: Özbekiston Apple Pay va Google Pay uçun eşiklarini oçyapti. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa asosiy voqealari – Kun.uz dayjestida.

AES loyihasida yangi bosqiç

Jizzaxda atom elektr stansiyasi qurilişining beton quyiş bosqiçiga ötildi. 24 mart kuni Foriş tumanidagi quriliş maydonida kam quvvatli stansiya energobloki uçun tantanali tarzda birinçi beton quyildi. “Bugun Özbekiston kelajagi uçun yana bir muhim kun: zamonaviy atom energiyasini yaratiş böyiça milliy dasturni amalga oşirişda hal qiluvçi qadamni qöydik”, – dedi “Özatom” rahbari Azim Ahmadxöjayev.

Şu kuni Toşkentda ötgan tadbirda “Özatom” va “Rosatom” mazkur loyiha böyiça yana ikkita kelişuv tuzdi. Ulardan biriga asosan, stansiyaning yangilangan noyob konfiguratsiyasi tasdiqlandi. Unga köra, integratsiyalaşgan AES majmuasi – har biri 55 MW quvvatga ega ikkita kam quvvatli, va har biri 1 GWʼlik ikkita an’anaviy energoblokdan iborat böladi.

Şu tariqa, Özbekiston – ham kiçik, ham katta AESlarni bitta maydonda joylaştirgan dunyodagi birinçi davlatga aylanadi. Qolaversa, muzyorar kemalarga möljallangan yadroviy texnologiyaning quruqlik uçun modifikatsiyasi – RITM-200N reaktori ham birinçi bölib aynan Özbekistonda amaliyotga joriy etilişi mumkin.

Aslida Rossiya bu yangi reaktorni özining eng şimoliy va eng sovuq hududlaridan biri Yakutiyada, 2028 yilda işga tuşirmoqçi edi. Lekin keyinroq, bu muddat 2030 yilga uzaytirilgan. Jizzaxdagi AESning ilk energoblokini esa undan avvalroq – 2029 yilda foydalanişga topşiriş reja qilingan.

Foriş tumanidagi AES maydonida birinçi beton quyilmoqda. / Foto: “Özatom” matbuot xizmati

Loyihaning yakuniy iqtisodiy parametrlari hanuzgaça oçiqlanmagan. 110 MW – bu taxminan bitta tuman aholisini tok bilan ta’minlaşga yetadi. Ötgan yili “Özatom” bu quvvatdagi kiçik AESning narxi 1 mlrd dollarga bormasligini