Jahon | 11:05 / 07.12.2023
8092
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini ajratdi

Agar Kongress qo‘shimcha mablag‘ni ma’qullamasa, AQShning Ukrainaga 175 million dollarlik yordam paketi oxirgisi bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirdi Entoni Blinken.

Foto: Tony Overman/AP/picture alliance

AQSh Ukrainaga Rossiyadan himoyalanish uchun 175 million dollargacha bo‘lgan yangi harbiy yordam paketini taqdim etdi. Bu haqda 6 dekabr, chorshanba kuni Davlat departamenti xabar berdi.

Yangi paketga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari uchun AIM-9M va AIM-7 raketalari, HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, artilleriya snaryadlari, yuqori tezlikda harakatlanuvchi AGM-88 HARM radiolokatsion kurash raketalari, tankka qarshi qurollar, o‘qotar qurollar uchun o‘q-dorilar, to‘siqlarni yo‘q qilish uchun portlatuvchi qurilmalar, muhim infratuzilmani himoya qilish uchun uskunalar, shuningdek ehtiyot qismlar va yordamchi vositalar kiritilgan. 

Ukraina uchun «oxirgi» yordam paketlaridan biri

«Rossiya o‘z hujumlarini to‘xtatib, Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqib ketib, bu urushni tugatmagunicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlovchi 50 dan ortiq davlatdan tashkil topgan koalitsiyaga yetakchilik qilishda davom etishi juda muhim», dedi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Kongress prezident Jo Baydenning qo‘shimcha moliyalashtirish haqidagi so‘rovini ma’qullamasa, bu Ukrainaga AQSh ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan «oxirgi» yordam paketlaridan biri bo‘ladi. «Kongress hozir harakat qilishi kerak», dedi Blinken.

Mavzuga oid