Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona aeroportida yangi qo‘nish tizimi o‘rnatildi
U murakkab meteorologik sharoitlarda havo kemalarining qo‘nishini va parvozlar xavfsizligini ta’minlaydi.
Farg‘ona xalqaro aeroportida 11 dekabr kuni «O‘zaeronavigatsiya» DUK mutaxassislari tomonidan ILS/DME qo‘nish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar yakunlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Modernizatsiya ishlari yakunlangach, mahsus havo kemasi tomonidan tizimning O‘zbekiston Respublikasi va ICAO xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti talablariga muvofiqligini aniqlash uchun sinov parvozi o‘tkazildi.
Ta’kidlanishicha, Farg‘ona aeroportidagi zamonaviy ILS/DME qo‘nish tizimi murakkab meteorologik sharoitlarda havo kemalarining qo‘nishini va aerodrom hududida parvozlar xavfsizligini ta’minlaydi hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
08:38 / 29.05.2026