Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Iroq o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi
Bag‘dod shahrida O‘zbekiston va Iroq tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Foto: TIV
TIV ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev va Iroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muhammad Husayn Buhrul Ulum rahbarlik qildi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Iroq munosabatlarining holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, siyosiy muloqotni faollashtirish, tashqi savdo ko‘rsatkichlarini oshirish, akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va madaniy almashinuvni faollashtirishga o‘zaro intilish mavjudligi bildirildi.
Hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirishga tayyor ekanliklarini hamda qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Maslahatlashuvlar davomida xalqaro va mintaqaviy kun tartibi ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026