12 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça Jamoatçilik kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişni Savdo-sanoat palatasi va Jamoatçilik kengaşi raisi Davron Vahobov olib bordi. Unda kengaş a’zolari, tadbirkorlikni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş böyiça palata bilan hamkorlikda işlaydigan vazirlik, idora va taşkilotlar rasmiylari iştirok etdi.
“Ötkazilgan yiğilişda köplab tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini inobatga olgan holda Soliq kodeksining 227-1-moddasida nazarda tutilgan jazo çoralarini yengillaştiriş masalasi muhokama qilindi.
Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan Jamoatçilik kengaşi a’zolarining takliflari batafsil muhokama qilindi va yakuniy xulosa Prezident administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiş belgilab olindi”, – deyiladi Savdo-sanoat palatasi xabarida.
Soliq kodeksining 227-1-moddasi nima haqda?
Bu moddada soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalaş va markirovkalaş qoidalarini buzganlik uçun javobgarlik nazarda tutilgan. Unda şunday deyiladi:
“Fiskal belgilarni aks ettiriş yoxud avtomatlaştirilgan hisobga oliş ölçov vositalari bilan jihozlaş yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinişini ta’minlaş böyiça qonunçilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buziş, şuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) işlab çiqaruvçilar, import qiluvçilar va sotuvçilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalaş qoidalarini buziş —
realizatsiya amalga oşirilgan oxirgi hisobot çoragida olingan sof tuşum miqdorida jarima solişga sabab böladi”.
Topşiriq ijrosi keçikyaptimi?
Tadbirkorlar bu qoidabuzarlik uçun belgilangan jarima haddan taşqari yuqori ekanidan şikoyat qilmoqda. Ular bu borada davlat rahbarining 2023 yilgi tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti doirasida prezidentga ham murojaat qilgan edi.













