UzAuto Motors xaridorlar avtomobilini 5 ish kunida olib ketishi shartligini eslatdi
Aks holda avtomobil navbat tartibi asosida keyingi mijozga beriladi.
UzAuto Motors xaridorlar avtomobilini 5 ish kunida olib ketishi shartligini, bu haqda shartnomada belgilab qo‘yilganini eslatdi.
Qayd qilinishicha, avtomobilni yetkazib berish muddati shartnomada ko‘rsatilgan sanadan o‘tib ketmasligi kerak. Shu bilan birga, avtomobilni saqlash muddati dilerlik markaziga yetkazib berilgandan so‘ng 5 ish kunidan oshmasligi ko‘rsatilgan.
«Agar xaridor ushbu muddat ichida o‘z avtomobilini dilerlik markazidan olib ketmasa, kompaniya avtomobilni navbat tartibi asosida keyingi mijozga berishga majbur bo‘ladi», deyiladi xabarda.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, agar 2023 yilda ishlab chiqarilgan avtomobil kelgusi yilning 1 yanvaridan keyin olib ketilsa, uning ishlab chiqarish yili o‘zgarishi haqidagi mish-mishlar asossiz.
«Butun ishlab chiqarish hajmi, jumladan Chevrolet Lacetti va Tracker modellari 2023 yilgacha ishlab chiqariladi. Butun ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi, shu jumladan Chevrolet Lacetti va Tracker modellari ham 2023 yil modeli sifatida ishlab chiqariladi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:01 / 17.12.2024
Andijonda fuqarolarning mashinalarini ijaraga olib, ularni yo‘q qilish bilan shug‘ullangan yirik uyushgan guruh ustidan sud boshlandi
21:48 / 23.11.2024
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
12:06 / 16.11.2024