Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgan shaxs aniqlandi
U elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulangan holda 25 dona mayning uskunasini o‘rnatgan.
Samarqand viloyatida noqonuniy ravishda elektr tarmog‘iga ulanib, davlat va jamiyat manfaatiga juda katta miqdorda zarar yetkazgan shaxs aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 12 dekabr kuni IIB va DXX Samarqand viloyati boshqarmalari, viloyat prokuraturasi, departamentning viloyat boshqarmasi hamda “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda 1990 yilda tug‘ilgan X.A. Past Darg‘om tumani Kamolot mahallasida joylashgan bino yerto‘lasida elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulangan holda 25 dona mayning uskunasini o‘rnatgani aniqlangan.
Oqibatda u davlat va jamiyat manfaatiga 2 mlrd 237 mln so‘m zarar yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026